“Bu meni ham ta’bimni xira qiladi” — Turizm qo‘mitasi raisi yo‘llardagi hojatxonalar ahvoli haqida

Бугун 17:322 дақиқа

O‘zbekistonda AYQSHlar, park va turizm maskanlarida 11 mingga yaqin hojatxona bor. Ularning 4 mingtasi yangi qurilgan. Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov yo‘l yoqasidagi hojatxonalarning sanitar holati uning ham «ta’bini xira qilishini» aytib, muammoni yechishda jamoatchilik nazorati muhimligini ta’kidladi.

“Bu meni ham ta’bimni xira qiladi” — Turizm qo‘mitasi raisi yo‘llardagi hojatxonalar ahvoli haqida

15-may kuni Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov ishtirokida OAV vakillari uchun matbuot anjumani tashkil qilindi. Tadbir davomida jurnalistlar tomonidan xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yo‘l bo‘ylarida qurilishi ko‘p bor aytilgan va hamon muammoligicha qolayotgan sanitariya-gigiyena shoxobchalari (hojatxonalar) masalasida savol bilan murojaat qilindi.

Qo‘mita rahbari esa yo‘l bo‘yidagi yonilg‘i quyish shoxobchalarida qurilgan hojatxonalarning ahvoli haqida gapirarkan, AYQSH rahbariyatlari bundan daromad ko‘rmasligi va shu sababli ularning munosabati yaxshi emasligini aytdi.

“Yonilg‘i quyish shoxobchasining asosiy daromad manbai boshqa yo‘nalishda. Agar ular hojatxonalar orqali daromad topganida, uni obod qilib qo‘yardi. Shoxobchalardagi hojatxonalar qaysidir ma’noda hukumatimiz topshiriqlari asosida, qo‘shimcha majburiyat sifatida joriy etilgan”, — dedi u.

Qo‘mita raisi bu masalani hal qilishda jamoatchilik nazorati muhimligini ham qayd etdi.

“Haqiqatan ham, yo‘l yoqasida qurilgan hojatxonalarda ta’bni xira qiladigan holatlar bor. Ko‘p hollarda o‘zim ham shunga guvoh bo‘laman. Bunday holatlarni birgalikda nazorat qilishimiz kirak. Bilaman, bu bo‘yicha sanitariya tizimlariga javob beradigan alohida tashkilotlar va respublika ishchi guruhlari bor. Ular hojatxonalarni borib ko‘rganida, hamma narsa chiroyli bo‘ladi. Balki o‘sha paytga tayyorgarlik ko‘rishar yoki boshqa, buning anig‘ini bilmayman. Lekin o‘z ko‘zim bilan ko‘rganimda, yuqoridagi aytganimdek, ta’bni xira qiluvchi holatlar yuzaga keladi. Bunga faqatgina jamoatchilik bilan birga kurashilmasa, natijaga erishish qiyinroq bo‘ladi”, — dedi qo‘mita rahbari Abdulaziz Aqqulov.

 

Мавзуга оид