Buxoroda 300 mln dollarlik yangi aeroport quriladi
Prezident Buxoroga kelgan mehmon avvalo aeroport, vokzal va yo‘llar holatiga e’tibor qaratishini ta’kidladi.
© Foto: president.uzBuxoro shahrida qiymati 300 million dollar bo‘lgan yangi xalqaro aeroport va uni shahar bilan bog‘lovchi 23,5 kilometrlik yo‘l barpo etiladi. Bu haqda 3-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan yirik xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, davlat rahbari bo‘lajak tadbirlar Buxoroning boy tarixiy merosi va bugungi salohiyatini namoyon etish bilan birga, viloyatni rivojlantirishga xizmat qilishi kerakligini ta’kidlagan. Buning uchun tayyorgarlikni tadbirlar o‘tadigan joylar bilan cheklamay, transport, xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va shahar infratuzilmasini yaxlit holda rivojlantirish zarur.
Yig‘ilishda oliy darajadagi uchrashuvlar va yirik xalqaro tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish masalalari ko‘rib chiqilgan. Har bir vazirlik va idoraga xorijiy hamkorlar bilan o‘z yo‘nalishi bo‘yicha mazmunli muloqotga tayyorgarlik ko‘rish, mamlakatdagi islohotlarning amaliy natijalarini ko‘rsatish va yangi qo‘shma tashabbuslar ishlab chiqish vazifasi qo‘yilgan.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilgan. Buxoroda zamonaviy vaziyat markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, jamoat joylari va sayyohlik obyektlaridagi holatni raqamli texnologiyalar yordamida kuzatish, yo‘l harakatini boshqarish hamda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha rejalar muhokama qilingan. Mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olishda profilaktika inspektorlari va “mahalla yettiligi” hamkorligini kuchaytirish zarurligi qayd etilgan.
Prezident Buxoroga kelgan mehmon avvalo aeroport, vokzal va yo‘llar holatiga e’tibor qaratishini ta’kidlagan. Shu bois qiymati 300 million dollar bo‘lgan yangi xalqaro aeroport qurilishi, uni shahar bilan bog‘lovchi 23,5 kilometrlik yo‘lni barpo etish va yo‘l bo‘ylarini ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘rib chiqilgan. Temir yo‘l vokzallari atrofini obodonlashtirish, avtoturargohlar, yoritish, servis va jamoat transporti qatnovini yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Shahar va tumanlarni vokzallar bilan bog‘lash uchun qo‘shimcha 120 ta avtobus jalb etish belgilangan.
Buxoroning iqlim sharoitini hisobga olgan holda yashil hududlarni kengaytirish, daraxt va butalar ekish bilan birga, ularning parvarishi uchun sug‘orish hamda drenaj tizimlarini tashkil etish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.
Xalqaro tadbirlardan investitsiya va iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish uchun foydalanish zarurligi ta’kidlangan. Sanoat kooperatsiyasi, yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, transport-logistika va eksport sohalarida xorijiy sheriklar bilan amaliy kelishuvlarga erishish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, viloyatda qayta tiklanuvchi energetika loyihalari, elektr energiyasini uzatish va saqlash infratuzilmasini rivojlantirish ishlari muhokama qilingan.