Elektr va gaz tariflari oshishi ortidan kompensatsiyalar ham ko‘paytirildi

Бугун 18:252 дақиқа

1-iyundan elektr va gaz uchun yangi tariflar kuchga kirishi bilan ehtiyojmand oilalarga ajratiladigan davlat kompensatsiyalari miqdori oshiriladi.

Elektr va gaz tariflari oshishi ortidan kompensatsiyalar ham ko‘paytirildi © googleapis

Ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr uchun kompensatsiya to‘lovlari davom ettiriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.
 
Ma’lumki, prezident Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 2-apreldagi «Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida ehtiyojmand oilalarga har oyda iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun davlat tomonidan kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilishi belgilangan. 
Kompensatsiya miqdori:

*Elektr energiyasi uchun – oyiga bazaviy me’yor (200 kVt·soat) oshgan qismdan keyin 150 kVt·soatgacha;
*Tabiiy gaz uchun – qish oylarida bazaviy me’yordan oshgan 250 kub metrgacha, boshqa oylarda esa 150 kub metrgacha bo‘lgan qismi uchun kompensatsiya beriladi.

Kompensatsiya miqdori ham oshirildi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 15-maydagi 243-son qaroriga ko‘ra, 2026-yil 1-iyundan elektr energiyasi va tabiiy gaz yangi tariflari joriy etilishi munosabati bilan ehtiyojmand oilalar uchun ajratiladigan kompensatsiya miqdorlari ham oshiriladi.

Yangi tartibga muvofiq:

*Elektr energiyasi uchun bazaviy me’yordan oshgan 150 kVt·soatgacha beriladigan kompensatsiya 30 ming so‘mdan 37,5 ming so‘mga;

*Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida bazaviy me’yordan oshgan 250 kub metrgacha kompensatsiya 200 ming so‘mdan 225 ming so‘mga;

*Boshqa mavsumlarda bazaviy me’yordan oshgan 150 kub metrga kompensatsiya 120 ming so‘mdan 135 ming so‘mga oshiriladi.
 
Bildirilishicha, kompensatsiya olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga, tumandagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga yoki Agentlikning «1140» call-markaziga murojaat qilish mumkin.

Теглар

Мавзуга оид