Logo

Fitch qaroridan so‘ng UzNIF aksiyalari 32 foizga qimmatlashdi

Бугун 18:554 дақиқа

Fitch agentligi O‘zbekiston kredit reytingini «barqaror»dan «ijobiy»ga oshirgach, UzNIF aksiyalari London fond birjasida IPO narxiga nisbatan 32 foizdan ortiq qimmatlashdi.

Fitch qaroridan so‘ng UzNIF aksiyalari 32 foizga qimmatlashdi

Fitch xalqaro reyting agentligining O‘zbekiston suveren kredit reytingi bo‘yicha prognozini «barqaror»dan «ijobiy»ga oshirish haqidagi qarori xalqaro investorlar tomonidan ijobiy qabul qilindi. Bu qarordan keyin Milliy investitsiya fondi (UzNIF) qimmatli qog‘ozlarining qiymati sezilarli darajada o‘sdi.

3-iyun kuni London fond birjasida bo‘lib o‘tgan savdolarda UzNIF global depozitar tilxatlari (GDR) narxi qariyb 33 dollargacha ko‘tarildi. Bu may oyidagi IPO davrida belgilangan 25 dollarlik joylashtirish bahosidan 32 foizdan ortiq yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Savdolar davomida GDRlar eng yuqori nuqtaga taxminan soat 14:15 atrofida yetib, 33 dollarga yaqinlashdi. Kun yakunida esa qimmatli qog‘ozlar narxi 32 dollar atrofida shakllandi.

Reytingning ahamiyati


Hozirgi vaqtda UzNIF aksiyalari «Toshkent» Respublika fond birjasida 5,5–5,65 so‘m oralig‘ida savdolanmoqda. Bu IPO vaqtidagi joylashtirish bahosiga nisbatan 18–21 foiz yuqori ko‘rsatkichdir.

Mutaxassislar fikricha, Fitch tomonidan berilgan ijobiy prognoz O‘zbekistonning xalqaro moliya bozorlaridagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatning 2030 yilgacha investitsion darajadagi «BBB» reytingiga erishish maqsadini qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Shuningdek, reytingning yaxshilanishi xalqaro institutsional investorlar qiziqishini oshirib, O‘zbekiston kapital bozoriga qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilinishiga zamin yaratishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 25-fevralda qabul qilingan PQ–74-sonli qarorga muvofiq, 2026 yil yakuniga qadar «O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi» AJ ustav kapitalidagi 30 foizgacha aksiyalar xalqaro va mahalliy fond bozorlarida birlamchi ommaviy taklif orqali sotilishi ma’lum qilingan edi. 29-aprel kuni esa O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) 30 foiz ulushi uchun IPO boshlanganini e’lon qildi. Aksiyalarning ilk marta ommaviy chiqarilishi London Stock Exchang va Toshkentda ikki tomonlama, «dual listing» ko‘rinishida o‘tkazildi.

IPO doirasida oddiy aksiyalar va global depozitar tilxatlar (GDR) taklif etildi. Taklif qilingan barcha qimmatli qog‘ozlar jamg‘armaning yagona aksiyadori hisoblangan Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan sotuvga chiqarildi. Jami 1,56 trln dona aksiya taklif qilindi, bu jamg‘arma aksiyadorlik kapitalidagi 31 foiz ulushga to‘g‘ri keladi. Bitta global depozitar tilxat 64 700 ta aksiyaga teng qilib belgilandi. Toshkent fond birjasida qariyb 47,9 mlrd dona aksiya sotildi.

Jismoniy shaxslar uchun aksiya narxi 4,65 so‘m qilib belgilangan bo‘lib, 12 mlrd so‘mgacha buyurtma bergan investorlarga 5 foizlik chegirma qo‘llanildi. Natijada ular aksiyalarni 4,41 so‘mdan xarid qildi.

London Stock Exchang birjasida esa 1,5 trln donaga yaqin aksiya 23,4 mln dona global depozitar tilxat — GDR shaklida joylashtirildi. Har bir GDR narxi 25 dollar qilib belgilandi. Jalb qilingan mablag‘larning umumiy summasi qariyb 603,6 mln dollarni tashkil etdi. Barcha qimmatli qog‘ozlarni amaldagi aksiyador — Iqtisodiyot va moliya vazirligi sotgani sababli, kompaniyaning o‘zi IPO mablag‘larini olmaydi.

Shuningdek, kelgusi 30 kun ichida qo‘shimcha joylashtirish opsioni doirasida yana 3,5 mln donagacha GDR sotilishi mumkin. Agar ushbu mexanizm to‘liq ishga tushirilsa, IPO doirasida sotilgan ulush 35 foizgacha, jalb qilingan mablag‘ hajmi esa 692 mln dollargacha yetadi. Birlamchi joylashtirish narxidan kelib chiqib, Milliy investitsiya jamg‘armasining bozor kapitalizatsiyasi 1,95 mlrd dollarga baholandi.

IPO natijalari

IPO jarayonida investorlar talabi taklif hajmidan to‘rt barobardan ko‘proq bo‘lib, umumiy talab 2,9 mlrd dollarni tashkil qildi. Bunda asosiy qiziqish Buyuk Britaniya (41 foiz) va AQSH (37 foiz) hisobiga to‘g‘ri keldi. Asosiy investorlar qatorida BlackRock, Franklin Resources va Redwheel ishtirok etdi. Investorlar orasida taqsimlangan aksiyalarda esa Buyuk Britaniya yaqqol peshqadam bo‘ldi — 59 foiz. AQSHdagi investorlar uchun IPO'dan 30 foiz ulush taqdim qilindi.

Mahalliy investorlarning IPO'dagi ulushi esa 3 foiz bo‘lib, 214,6 mlrd so‘m yoki 17,7 mln dollarni tashkil qildi. Bunda aksiyalarning 71,6 foizi chakana investorlar hisobiga to‘g‘ri keldi. UzNIF IPO'sida 5 mingga yaqin mahalliy chakana investor qatnashgan bo‘lsa, ularning o‘rtacha xaridi 31,5 mln so‘m bo‘ldi.

GDR'lar savdosi London Stock Exchang 13-maydan boshlandi. Toshkent respublika fond birjasida esa UZNF tikeri ostida 18-maydan muomalaga chiqarildi. 18-may, savdolarning birinchi kunida UzNIF aksiyalar Toshkent fond birjasida 70 foizdan ko‘proq qimmatladi. 1 dona aksiya narxi 7,5 so‘mgacha ko‘tarildi.

Biroq, keyinchalik shu kuni bozorda narxlarning to‘g‘rilanishi sodir bo‘ldi va aksiyalar kunni 5,46 so‘m narx bilan yakunladi. 20-may holatiga ko‘ra, jamg‘armaning 1 dona aksiyasi narxi 5,7

Теглар

Мавзуга оид