Logo

«iPhone» narxlari oshishi mumkin

Бугун 08:302 дақиқа

«Apple» sun’iy intellekt infratuzilmasi uchun ketayotgan xarajatlar sababli «MacBook» va «iPad» ortidan «iPhone» narxlarini ham oshirishi mumkin.

«iPhone» narxlari oshishi mumkin

«Apple» «MacBook», «iPad» va boshqa qurilmalar narxini oshirgan bo‘lsa-da, hozircha «iPhone» narxiga tegmadi, ammo bu vaqtinchalik holat bo‘lishi mumkin. Bu haqda «Bloomberg» jurnalisti Mark Gurman o‘z «Power On» xabarnomasida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, kompaniya smartfonlar narxini yil oxirigacha qayta ko‘rib chiqishi mumkinligini bildirdi.

Narxlar oshishiga sun’iy intellekt sabab bo‘lmoqda

Gurman bu holatni sun’iy intellekt (II) sohasidagi bum bilan bog‘laydi. Yirik IT-kompaniyalar server jihozlari, «Nvidia» grafik tezlatkichlari hamda zamonaviy xotira va saqlash modullarini faol xarid qilmoqda. Bu esa butun elektron qurilmalar uchun komponentlar taqchilligini va narxlarning oshishini keltirib chiqardi. Mazkur omillar «Apple»ni «MacBook», «iPad», «HomePod» va «Apple TV» narxlarini keskin ko‘tarishga majbur qildi.

«iPhone» narxining barqarorligi va kelajakdagi trendlar

Ta’kidlanishicha, smartfonlar «Apple»ning narx o‘sishiga eng chidamli mahsuloti bo‘lib qolmoqda, chunki foydalanuvchilar telefonni yangilashdan voz kechishga komputer yoki planshetga qaraganda tayyor emas.

Aloqa operatorlari «iPhone» savdosini subsidiyalashni davom ettirishi mumkin, lekin ular o‘z xarajatlarini tariflarni oshirish evaziga qoplashga harakat qiladi.

Gurmanning fikricha, texnikaning qimmatlashishi vaqtinchalik emas, balki uzoq muddatli trendning boshlanishidir. Xotira va boshqa komponentlar taqchilligi tufayli yuqori narxlar yaqin yillar davomida saqlanib qolishi mumkin.

«Iste’molchilar buni narxlarning qisqa muddatli ko‘tarilishi emas, balki yangi me’yorning boshlanishi sifatida qabul qilishi kerak», - dedi u.

Теглар

Мавзуга оид

«iPhone» narxlari oshishi mumkin | Vaqt.uz