Kelasi yozda Tojikiston elektrini Afg‘onistonga eksport qilish boshlanadi

Бугун 11:152 дақиқа

Bu mintaqalararo elektr uzatish liniyasining Afg‘onistondagi uchastkasi bo‘yicha shartnoma tuzayotgan kompaniya vakillarining va’dasi.

Kelasi yozda Tojikiston elektrini Afg‘onistonga eksport qilish  boshlanadi © asiaplustj.info

«CASA-1000» loyihasining Afg‘oniston qismi bo‘yicha ishlar yangilangan rejaga muvofiq 2027-yil bahorigacha tugatilishi, yozdan esa tijoriy faoliyat boshlanishi kutilmoqda. Bu haqda «Kamani Engineering Corporation» (KEC) vakillari Tojikiston energetika va suv resurslari vaziri Dajer Juma bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uchrashuv Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tdi. Unda Jahon banki vakillari va «Da Afghanistan Breshna Sherkat» (DABS) rahbariyati ham ishtirok etdi. Tomonlar loyihaning joriy holati, texnik va moliyaviy masalalarni muhokama qildi.

Daler Jumaning ta’kidlashicha, «CASA-1000» mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlaydi, ishtirokchi davlatlar o‘rtasida ishonchni oshiradi va ekologik toza elektr energiyasi eksportni ta’minlaydi. Loyiha Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida energetik bog‘liqlikni kuchaytirishda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.

«CASA-1000» loyihasi doirasida hozirgi vaqtda qurilish ishlari uchta ishtirokchi davlatda (Qirg‘iziston, Tojikiston va Pokiston) to‘liq yakunlangan. Afg‘onistonda esa ishlar hali davom etmoqda.

Tojikiston energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha to‘liq yakunlanishi energetika bozorini rivojlantirish, energetik xavfsizlikni mustahkamlash va ishtirokchi davlatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish imkonini beradi.

«CASA-1000» loyihasi haqida

«CASA-1000» – bu Markaziy Osiyodan Janubiy Osiyoga elektr energiyasi yetkazib berishni nazarda tutuvchi transchegaraviy liniya qurilish loyihasidir. Loyiha doirasida Tojikiston va Qirg‘izistondan Afg‘oniston va Pokistonga elektr energiyasi yetkazib berish rejalashtirilgan.

Loyihaning rasmiy ishga tushirilishi 2016-yil may oyida Tursunzoda shahrida, to‘rt mamlakat rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan. Tojikiston energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston va Qirg‘iziston hududidagi ishlar to‘liq yakunlangan, Pokistonda loyiha joriy yil oxirigacha tugatilishi kutilmoqda. Loyiha Markaziy va Janubiy Osiyo o‘rtasida energetik aloqalarni kuchaytirishga qaratilgan muhim infratuzilmaviy tashabbus hisoblanadi.

r

«CASA-1000» doirasida 1300 MVt elektr uzatish uchun umumiy uzunligi 1387 km bo‘lgan elektr uzatish liniyasi va 2 ta konvertor stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan:

Elektr uzatish liniyasi)ning umumiy qiymati taxminan 1,2 mlrd dollarni tashkil etadi. Shundan Tojikiston qismi – 344 mln dollar, Qirg‘iziston qismi – 200 mln dollar.

Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng Tojikistn va Qirg‘iziston yiliga 250 mln dollardan ortiq daromad olishi kutilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид