Logo

Madaniyat vaziriga to‘rt o‘rinbosar tayinlandi

Бугун 18:122 дақиқа

Vazirning birinchi o‘rinbosarlari Bahodir Ahmedov va Avazxon Tojixonov hamda yana ikki o‘rinbosar boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan ozod etildi.

Madaniyat vaziriga to‘rt o‘rinbosar tayinlandi © Kollaj: Vaqt.uz

O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga to‘rt o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tayinlovga ko‘ra, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Nodirbek Baxtiyorovich Sayfullayev vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Vazir Nazarbekovning yana boshqa birinchi o‘rinbosari — Kinematografiya agentligi direktori etib Jahongir Ahmedov tayinlandi.

Odiljon Abduqahhorov hamda Sanjar Bobojonov madaniyat vazirining o‘rinbosarlari sifatida ish boshlaydi. Bobojonov shu munosabat bilan O‘zbekiston prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili bo‘linmasining bosh inspektori lavozimidan ozod etildi.

Qayd etilishicha, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosarlari Bahodir Ahmedov, Avazxon Tojixonov hamda vazir o‘rinbosarlari Murodjon Majidov, Yusufjon Usmonov boshqa ishga o‘tishi sabab lavozimidan ozod etilgan.

Bundan tashqari, G‘iyosiddin Rajabov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston prezidentining madaniyat bo‘yicha vakili lavozimidan ozod etildi. U joriy yilning aprel oyida ushbu ishga o‘tkazilgandi. Uning o‘rniga shu paytgacha Kreativ industriya parki direktori lavozimida ishlab kelgan Hasan Salixov qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ham lavozimidan ozod etildi. Uning vorisi etib Dilnozaxon Kattaxonova tayinlandi. Shuningdek, ushbu tayinlovlar doirasida O‘zbekiston prezidentining strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umrzoqov ishdan bo‘shatilib, boshqa joyga rahbar etib qo‘yildi. Muzaffar Komilov esa prezidentga diniy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha maslahatchi bo‘ldi.

Теглар

Мавзуга оид