Logo

Milliy gvardiyaning soxta xodimlari qalbaki hujjat bilan bankdan 428 mln so‘m kredit oldi

Бугун 17:221 дақиқа

Ular soxta mehnat shartnomalari hamda ish haqi olgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni tayyorlab, tijorat bankiga taqdim etgan.

Milliy gvardiyaning soxta xodimlari qalbaki hujjat bilan bankdan 428 mln so‘m kredit oldi © Ijtimoiy tarmoqlar

Farg‘ona viloyatining Quva tumanida besh kishi soxta hujjatlar asosida bankdan 428,8 mln so‘m kredit olgani aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Quva tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda besh fuqaro o‘zaro til biriktirib, amalda hech qayerda rasman ishlamagan bo‘lsa-da, o‘zlarini Milliy gvardiyaga qarashli harbiy qism xizmatchilari sifatida ko‘rsatgani ma’lum bo‘lgan.

Ular soxta mehnat shartnomalari hamda ish haqi olgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni tayyorlab, tijorat bankining Quva tuman filialiga taqdim etgan. Shundan so‘ng mazkur hujjatlar asosida jami 428,8 mln so‘m kredit mablag‘ini olgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид