Logo

Navoiyda quyma oltinni noqonuniy pullayotganlar ushlandi

Бугун 11:551 дақиқа

Ular 212,9 gr quyma oltinni xaridorga 340 mln so‘mga sotishga kelishgan.

Navoiyda quyma oltinni noqonuniy pullayotganlar ushlandi © DXX matbuot xizmati

Navoiy shahrida o‘tkazilgan «Xavfsiz va sog‘lom yurt» tezkor-profilaktik tadbirida noqonuniy oltin savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

DXXning yozishicha, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashovchi 1987 va 1993-yillarda tug‘ilgan 2 kishi 212,9 gr quyma oltinni xaridorga 340 mln so‘mga sotishga kelishgan. Ular mijozga 999 probali 26,3 gr oltinni berib, qolgan qismini keyinroq yetkazib berishini aytgan. Gumonlanuvchilar undan 20 ming dollar va 100 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Shuningdek, ulardan biri o‘z yashash xonadonida qumdan oltinni ajratib olishga mo‘ljallangan yashirin sex tashkil qilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi «a» bandi (juda ko‘p miqdorda valuta qimmatliklarini, qimmatbaho metallar va (yoki) qimmatbaho toshlarni qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq tilla va valutalarni bolalardan foydalanib noqonuniy olib chiqishga uringanlar ushlangandi.

Теглар

Мавзуга оид