O‘zbekistonda talabalar stipendiyasi nega oshirilmayapti? Vazir izoh berdi

Кеча 19:002 дақиқа

Qo‘g‘irotboy Sharipov ayrim universitetlardagi yo‘nalishlarda bir talaba uchun xarajat 14 million so‘mga yetgan bo‘lsa ham, kontrakt yiliga 6 million so‘mligicha saqlab qolinayotganini aytdi.

O‘zbekistonda talabalar stipendiyasi nega oshirilmayapti? Vazir izoh berdi © Фото: Олий таълим вазирлиги

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida talabalar stipendiyasi yillardir hali 600 ming so‘mga ham yetgani yo‘q. Bugun, 15-aprel kuni Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘rotboy Sharipov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida buning sababi tushuntirildi.

Ma’lumki, bugungi kunda bazaviy stipendiya miqdori 569 870 so‘mni tashkil qiladi. Bundan tashqari, a’lo bahoga o‘qigan talabaga 20 foiz ustama to‘lanadi. Karantindan keyin to‘rt-besh yil davomida stipendiya miqdori oshirilmadi, lekin o‘tgan yili oyliklar oshirilganda stipendiya ham 10 foizga ko‘paydi.

«Endi qarang, bitta muammo bor bizda. Buni to‘g‘ri tushunishingizni xohlardim. Hurmatli prezidentimiz to‘rt yildan beri kontraktni oshirishga ruxsat bermadi. Bir marta 15 foizga oshirildi. Agar oldingiday bu eski tizim bo‘yicha ketayotganda, masalan, yiliga maoshlar oshgan paytda kontrakt ham oshardi», – dedi Oliy ta’lim vaziri.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda to‘lov-kontrakti ustiga yana 88 foiz qo‘shilishi kerak. Qo‘g‘irotboy Sharipov ayrim universitetlardagi yo‘nalishlarda bir talabaning xarajati 14 million so‘mga yetgan bo‘lsa ham, kontrakt yiliga 6 million so‘mligicha saqlab qolinayotganini aytdi.

«Hozirgi kunda 26 ta oliy ta’lim muassasasi dotatsiyada o‘tiribdi… Masalan, biz eng ko‘p super-kontraktlar hisobidan yopib kelyapmiz. Buni yashirish kerak emas. Bizda qilayotgan xarajatlarimiz ijtimoiy tarmoqda yoritib borilyapti. Mana bu universitetlar ko‘p daromad olgan, mana bular dotatsiyada qolgan, deb. Shuning uchun bu masala ko‘tarilaveradi har yili. Buni endi, albatta, ko‘pchilik, jamoatchilik fikrini o‘rgangan holda biz qaror qabul qilamiz», – dedi vazir.

Теглар

Мавзуга оид