Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam berildi

Prezident qaroriga ko‘ra 616 mingdan ortiq oilaga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam bosqichma-bosqich to‘lab berildi.

Ramazon oyi munosabati bilan ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam berildi

Prezidentning 67-son qarori ijrosi doirasida ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida moddiy yordam to‘lovlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichning o‘zidayoq 616 305 ta oilaga jami 422,4 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

225 541 ta oilaga 1 million so‘mdan moddiy yordam ajratildi, shundan:

207 661 ta — davlat ta’minotidagi oilalarga;

3 848 ta — yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar yashayotgan oilalarga;

17 032 ta — yolg‘iz yashovchi, parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga.

Shuningdek, 387 764 ta kam ta’minlangan oilaga 500 ming so‘mdan moddiy yordam to‘lab berildi. Bu toifadagi oilalar ijtimoiy himoya reyestrlari asosida saralab olingan.

Hukumat ma’lumotiga ko‘ra, ikkinchi bosqichda ro‘yxati qo‘shimcha shakllantirilgan va hujjatlari o‘rganilayotgan oilalarga mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan. Ayni paytda tegishli ma’lumotlar bazasi yangilanmoqda.

Mas’ul idoralar moddiy yordam taqsimotida shaffoflik va manzillik tamoyillariga qat’iy amal qilinayotganini ta’kidlamoqda. To‘lovlar bosqichma-bosqich davom ettirilib, ehtiyojmand qatlamni qamrab olish darajasini kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Теглар

Мавзуга оид