Logo

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Бугун 16:311 дақиқа

Belgraddagi Serbiya saroyida bo‘lib o‘tgan marosimda Mirziyoyevni Serbiya prezidenti samimiy qarshi oldi. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Serbiyada Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi © Foto: prezident.uz

Belgraddagi Serbiya saroyida Serbiya Respublikasiga rasmiy tashrifini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich davlat rahbarini samimiy qarshi oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida O‘zbekiston va Serbiya davlat madhiyalari yangradi, artilleriya to‘plaridan o‘n marta o‘q uzilib, tantanali salyut berildi.

Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar. Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Теглар

Мавзуга оид