Logo

SIBOS 2026: Octobank raqamli yechimlarini Mayamida taqdim etmoqda

Бугун 11:552 дақиқа

Mayamida (AQSH) SWIFT tomonidan har yili tashkil etiladigan jahon moliya sanoatining asosiy tadbirlaridan biri — SIBOS 2026 tadbiri boshlandi. Octobank yana bir bor ko‘rgazma-konferensiya eksponenti sifatida ishtirok etmoqda: bank ekvayring va korporativ to‘lovlarni boshqarish texnologiyalarini taqdim etmoqda, xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni mustahkamlamoqda va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilmoqda.

SIBOS 2026: Octobank raqamli yechimlarini Mayamida taqdim etmoqda

Ko‘rgazma 28-sentabrdan 1-oktabrgacha Miami Beach Convention Center majmuasida bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchilar ma’lumotlariga ko‘ra, SIBOS 160 dan ortiq mamlakatdan 10 mingdan ziyod ishtirokchini birlashtiradi. Bu yilgi asosiy mavzu — sun’iy intellekt o‘zgartirayotgan iqtisodiyotdagi raqamli moliya.

2

SIBOS tadbirida uchinchi marta ishtirok etayotgan Octobank uchun bu o‘z tajribasini namoyish etish, tajriba almashish hamda korrespondentlik hisob-kitoblari va biznes xizmatlarini rivojlantirish maqsadida yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish imkoniyati hisoblanadi.

Bu yil Octobank O‘zbekiston banklari orasida o‘z stendiga ega bo‘lgan yagona eksponent hisoblanadi.

3

Bu yerda bank jamoasi raqamli xizmatlarni taqdim etadi, mehmonlarga maslahat beradi va salohiyatli hamkorlarning savollariga javob beradi. Ishbilarmonlik uchrashuvlari uchun alohida muzokaralar hududi ham tashkil etilgan.

Stend mehmonlarini milliy uslubdagi sovg‘alar ham kutmoqda. Avvalgi SIBOS tadbirlarida bunday sovg‘alar xorijiy ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirgan. Dasturda qimmatbaho sovg‘alar o‘yini ham bor. Asosiy sovg‘alardan biri — iPhone smartfonlari.

4

Jamoa ICBC, HSBC, Standard Chartered, Santander, DBS va boshqa moliyaviy institutlar vakillari bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Muzokara uchrashuvlarining alohida qismi transchegaraviy to‘lovlar — to‘lov yo‘laklari, valuta operatsiyalari va o‘zaro hamkorlik shartlariga bag‘ishlanadi.

«SIBOSda ishtirok etish xalqaro ishtirokchilar bilan hamkorlikni bevosita muhokama qilish imkonini beradi. Biz Octobank bilan hamkorlik qilishga bo‘lgan o‘zaro qiziqishni ko‘rib turibmiz va bunga aniq takliflar — raqamli yechimlar, ekspertiza va biznes bilan ishlash tajribasi orqali javob berishga tayyormiz. Umid qilamizki, bu yerda boshlangan muloqot tez orada hamkorlikdagi loyihalarda davom etadi», — deb ta’kidladi Octobank boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Hamid Jumayev.

Octo-mobile | Instagram | YouTube
Telegram | Facebook | 71-202-33-33

Теглар

Мавзуга оид