«Tartib bo‘lishi kerak». Oliy ta’lim vaziri talabalar formasi haqida

Кеча 18:002 дақиқа

O‘zJOKUdagi holatdan so‘ng dolzarb bo‘lgan forma mavzusiga vazir Qo‘ng‘rotboy Sharipov yana oydinlik kiritdi.

«Tartib bo‘lishi kerak». Oliy ta’lim vaziri talabalar formasi haqida

Joriy yil fevral oyida Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universitetida sodir bo‘lgan holat ortidan talabalarning forma kiygan holda darsda qatnashishi masalasi muhokamalar markaziga tushgan edi. Bugun, 15-aprel kuni Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘rotboy Sharipov ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida ushbu mavzu yana ko‘tarildi.

Vazir jurnalistlarning savoliga javob berar ekan, har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining ichki tartib-qoidasi bo‘yicha o‘zlarining kiyim-boshga bo‘lgan talabini qo‘yganini va bu bajarilishi kerakligini ta’kidladi.

«Oliy ta’lim muassasasi bo‘lgandan keyin, ma’lum bir qoidalarda ishlashimiz kerak. Ijtimoiy tarmoqda ko‘ryapmiz, ayrim kiyim-boshga bo‘lganlarni darsga kiritmayapti degan yoki bo‘lmasa, talabalar bilan kunu bo‘yi auditoriyaga kirib qanaqadir tushuntirish ishlari olib borilyapti. Uni (talabani) tashqarida qo‘yib qo‘yish to‘g‘risida oliy ta’lim muassasasi tomonidan, vazirlik tomonidan topshiriq berilmagan. Ya’ni u talaba o‘qishga kirishi kerak. Nima ish bo‘lsa, sekin-sekin tushuntirish ishlarini tizimli olib borish kerak», – dedi Sharipov.

Oliy ta’lim vaziri mana bunday forma kiyish kerak, degan, masalan, oq ko‘ylak, qora galstuk, qora kostyum to‘g‘risida gap ketmayapti.

«Har bir universitet o‘zining, ruschasiga aytganda, «spetsifika»sidan kelib chiqib, o‘zi kiyinishi kerak. Har bir universitet. Buni o‘zlari ichki tartib-qoidasida ko‘rsatilgan. Masalan, tibbiyot sohasi bo‘lsa, xalatda yurishi kerak. To‘g‘rimi? Lekin har bir universitet o‘ziga yarasha talab qo‘yishga haqqi bor. Tartib bo‘lishi kerak. Tartib bo‘lmasa, nima bo‘lishini o‘zlaringiz bilasizlar. Tartib bo‘lishi kerak», – dedi vazir.

Теглар

Мавзуга оид