Logo

Ukraina TIV rahbari: «Rus askarining oyog‘i yetgan joy vayrona bo‘ladi»

21.06.2025 | 09:003 дақиқа

Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning bayonotlariga javoban, Rossiyaning harbiy siyosati nafaqat Ukrainaga, balki o‘z xalqiga ham halokat olib kelayotganini ta’kidladi. U xalqaro hamjamiyatni Kremlni to‘liq yakkalashga chaqirdi.

Ukraina TIV rahbari: «Rus askarining oyog‘i yetgan joy vayrona bo‘ladi»
Ukraina tashqi ishlar vaziri Andriy Sibiga Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan yaqinda qilingan shovinistik bayonotlarga munosabat bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin Ukraina hududlarini egallash rejalarini muhokama qilar ekan, AQSH va boshqa davlatlarning tinchlikka chaqiruvlarini umuman e’tiborsiz qoldirmoqda. Sibiga «X» ijtimoiy tarmog‘ida yozgan murojaatida «Putin rus askarlarining yoki ularning uchuvchi apparatlar tomonidan uzilgan oyoqlari taqdiriga befarq», deya ta’kidladi. U Rossiya prezidentini o‘z xalqining ommaviy qatliomini amalga oshirayotgan «asossiz va qonli urush» muallifi sifatida tilga oldi. Vazirning ta’kidlashicha, urush boshlanganidan buyon Rossiya bir million askardan ayrilgan, bu esa ikki million oyoq deganidir. Sibiga «Rus askarining qayergadir qadam bosishi — o‘lim, vayrona va kultepaga aylanishni anglatadi», deb ta’kidladi. Shuningdek, u Putinni o‘z fuqarolarini nafaqat frontga, balki ichki ijtimoiy-iqtisodiy tanazzul sari yetaklayotgan rahbar sifatida ta’rifladi. «U Rossiyani Xitoy, Eron va Shimoliy Koreya kabi xalqaro hamjamiyat tomonidan yakkalangan rejimlar qatoriga olib kirdi», dedi Sibiga. Sibiga xalqaro hamjamiyatni Rossiyaga qarshi qattiqroq choralar ko‘rishga chaqirdi. U Ukraina mudofaasiga ko‘proq yordam berish, Rossiya iqtisodiyotiga kuchli zarba berish va uni terrorchi davlat sifatida tan olishni talab qildi.

Теглар

Мавзуга оид