Uy-joy uchun ipoteka: qaysi banklar eng past foizli kreditlarni taklif qilmoqda?
O‘zbekiston Markaziy bankining 2026-yil 22-iyun holatiga ko‘ra, aholi uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasini e’lon qildi.
© vaqt.uzO‘zbekiston Markaziy bankining 2026-yil 22-iyun holatiga ko‘ra aholi uchun ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ipoteka kreditlari bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi o‘tgan haftaga nisbatan 0,2 foizga kamayib, 22,2 foizni tashkil etgan.
Eng past ipoteka foiz stavkasini 18,6 foiz bilan «OFB» taklif qilmoqda. Shuningdek, «Agrobank»da ipoteka krediti 20,8 foiz, «SQB»da 21,0 foiz, «Milliy bank»da 21,2 foiz va «Asakabank»da 21,6 foizdan ajratilmoqda.
Shuningdek, «Ipotekabank» ipoteka kreditlarini 21,7 foiz, «Hamkorbank» 22,0 foiz, «BRB» 22,6 foiz, «InFinbank» 23,1 foiz, «Xalq banki» 23,3 foiz hamda «Aloqabank» 24,0 foiz stavkada taklif etmoqda.
Yuqoriroq foiz stavkalari qatoridan «Trastbank» 24,1 foiz, «Mikrokreditbank» 24,6 foiz, «Ipak Yo‘li bank» 24,9 foiz va «Asia Alliance Bank» 25,0 foiz ko‘rsatkich bilan o‘rin olgan.
Eng yuqori ipoteka foiz stavkalari «Universal bank» va «Turon bank»da 26,0 foiz, «Davr bank»da esa 27,0 foizni tashkil etgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, jismoniy shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 23,0 foizni, yuridik shaxslarga ajratilgan kreditlar bo‘yicha esa 22,6 foizni tashkil etgan.

Manba: Markaziy bank
Ma’lumot uchun, 5 oyida O‘zbekistonda 21,5 mingdan ortiq fuqaroga ipoteka kreditlari rasmiylashtirildi. Shu bilan birga, aholining ehtiyojmand qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan 622,8 mlrd so‘mlik subsidiyalar to‘lab berilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy-joy uchun davlatdan subsidiya olish shartlari, kimlarga va qay tarzda berilishi haqida ma’lumot bergan edik.





