Yirik miqdorda soliq qarzdorligiga ega bo‘lgan kompaniyalar nomi ma’lum qilindi

Бугун 16:421 дақиқа

2026 yil 1-mart holatiga ko‘ra, soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish korxonalarining soni 1 880 tani tashkil etmoqda.

Yirik miqdorda soliq qarzdorligiga ega bo‘lgan kompaniyalar nomi ma’lum qilindi

2026 yil 1-mart holatiga ko‘ra, soliq qarzi 100 million so‘mdan yuqori bo‘lgan qurilish korxonalari soni 1880 taga yetdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 100 million so‘mdan ortiq qarzdorlikka ega bo‘lgan 1880 ta kompaniyaning umumiy qarzdorligi 3,2 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Jami qarzning deyarli yarmi, ya’ni 1,4 trillion so‘mi (44,8 foizi) atigi 10 ta yirik korxona zimmasidadir.

Hududiy taqsimlanishda Toshkent shahri moliyaviy qarzdorlik bo‘yicha birinchi o‘rinda turibdi. Poytaxtdagi korxonalarning soliq qarzi 1,1 trillion so‘mga baholanmoqda. Kuchli uchlikdan Andijon viloyati 685,6 milliard so‘m hamda Toshkent viloyati 172,1 milliard so‘mlik ko‘rsatkich bilan joy olgan. Navoiy va Jizzax viloyatlarida ham qarzdorlik miqdori yuqori darajada saqlanib qolmoqda.

Eng yirik soliq qarziga ega korxonalar «Top-10» ro‘yxati:

«Nyew Building Trade Servis» MCHJ — 360,6 milliard so‘m;

«Ko'prikqurilish» AJ — 291,2 milliard so‘m;

«Doni Big Group» MCHJ — 218,6 milliard so‘m;

«Azia Invest Favorit» MCHJ — 135,5 milliard so‘m;

«Tash Building» MCHJ — 117,4 milliard so‘m;

«Tash Constructions House» MCHJ — 100,8 milliard so‘m;

«Yorqin Sadaf Fasli» MCHJ — 95,3 milliard so‘m;

«Ta'mirlash Qurish Servis» MCHJ — 71 milliard so‘m;

«Agro Asia Trade Servis» MCHJ — 38,5 milliard so‘m;

«Grand Road Tashkent» MCHJ QK — 37,1 milliard so‘m.

Теглар

Мавзуга оид