add

Avtopilotli avtmobillar 34 mlnga yetdi: haydovchilar kerak bo‘lmaydigan davr yaqinlashmoqda

Bugun 22:551012

Sun’iy intellektga asoslangan aqlli transport tizimlari haydovchilik guvohnomasi tushunchasini ham tarixga aylantirishi mumkin — gap miqyosda.

Avtopilotli avtmobillar 34 mlnga yetdi: haydovchilar kerak bo‘lmaydigan davr yaqinlashmoqda

Avtonom transport texnologiyalari shu qadar tez rivojlanmoqdaki, yaqin yillarda haydovchilik guvohnomasiga bo‘lgan ehtiyoj butunlay yo‘qolishi mumkin. Kameralar, sensorlar va algoritmlar vositasida boshqariladigan mashinalar nafaqat avtomobil sanoatini, balki shahar dizayni va ijtimoiy hayotni ham o‘zgartirmoqda.

Ayni paytda dunyo bo‘ylab 34 millionga yaqin avtonom transport vositasi yo‘llarda harakatlanmoqda. Yaqin besh yilda bu raqam 126 millionga yetishi mumkin. 2030 yilgacha esa 58 million yangi avtopilot uskunalari sotilishi kutilyapti. Raqamlar ham juda katta: bozor hajmi hozirda 191 mlrd dollar bo‘lsa, 2032 yilga borib 1,9 trln dollarga yetishi mumkin.

Avtonom transport vositalari nafaqat yo‘llardagi xavfsizlikni oshiradi (chunki inson omili bilan bog‘liq xatolar kamayadi), balki shaharlar infratuzilmasini ham o‘zgartirishi aniq. Avtoturargohlar kamroq kerak bo‘ladi, ular o‘rnida yashil maydonlar yoki turar-joy majmualari qurilishi mumkin.

Ekspert Yassin Ahmadning ta’kidlashicha, bu transport vositalari keksalar va nogironlar uchun mustaqil harakat imkonini oshirishi, iqtisodiyotda esa xizmat ko‘rsatish xarajatlarini qisqartiradi. Biroq, bu o‘zgarish ko‘plab an’anaviy kasblarning yo‘qolishiga ham olib kelishi mumkin.

Shu bilan birga, bu texnologiya hali hammaga ishonarli emas. Yomon ob-havo, kutilmagan manyovrlar va boshqa haydovchilarning beqaror harakatlari kabi ssenariylar muammo tug‘diradi. Kim aybdor bo‘ladi? Ma’lumotlar maxfiyligi kimga tegishli? Mushkul vaziyatlarda etik nuqtayi nazardan — transport qanday qarorni qabul qiladi? Mana shu savollar hamon ochiq qolmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Avtopilotli avtmobillar 34 mlnga yetdi: haydovchilar kerak bo‘lmaydigan davr yaqinlashmoqda | Vaqt.uz