Logo

JCH-2026. Eron Belgiya bilan durang qayd etdi

Bugun 02:051 daqiqa

F guruhidagi uchinchi o‘yinda ham g‘olib aniqlanmadi.

JCH-2026. Eron Belgiya bilan durang qayd etdi

Jahon chempionatida 2-tur bahslari davom etmoqda. 1-turda faqat durang qayd etilgan F guruhidagi navbatdagi bahsda ham g‘olib aniqlanmadi.

Belgiya (2) Eronga (2) qarshi to‘qnash kelib, raqib darvozasiga yo‘l topolmadi. Forslar posboni Biyronvand 7 ta seyv amalga oshirib, bellashuv qahramoniga aylandi. Yevropaliklar 66-daqiqada kamchilikda qolganini ham ta’kidlash kerak.

Guruhning ikkinchi o‘yinida Toshkent vaqti bilan soat 06:00da Misr (1) Yangi Zelandiya (1) bilan to‘qnash keladi.

JCH-2026. F guruhi. 2-tur
Belgiya — Eron 0:0

21-iyun. Inglvud
Belgiya — Kurtua, Myone (Kastan, 58), Ngoy, Mexele, de Kuyper, Raskin (Vanaken, 58), Tilemans, Salemakers (Lukebakio, 58), de Bryuyne (Fernandes-Pardo, 87), Trossar, Lukaku (Teate, 73).
Eron — Biyronvand, Hardoni (Jahonbaxsh, 46), Ka’noni, Xalilzoda, Nemati, Hojisafi (Muhammadi, 66), Rizoiyon, Quddus (Mug‘anlu, 79), Izzatullohiy (Husaynzoda, 85), Mohebbi (Turobi, 66), Toremiy.
Ogohlantirishlar: Lukaku (3), Izzatullohiy (33).
Chetlatish: Ngoy (66).

Россия - Украина уруши

Futbol bo‘yicha Jahon chempionati 2026

JCH-2026 o‘yinlariga oid barcha xabarlar bitta havolada.

Mavzuga oid