O‘zbekiston qurilish sohasida eng ko‘p xorijiy kompaniyalar Xitoy hissasiga to‘g‘ri kelmoqda
2026 yil boshida O‘zbekiston qurilish sohasida 1 160 ta xorijiy korxona faoliyat yuritib, eng katta ulush Xitoy va Turkiya kompaniyalariga to‘g‘ri kelmoqda.

2026 yil 1-mart holatiga ko‘ra, O‘zbekiston qurilish sohasida jami 1 160 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat olib bormoqda. Bu haqda statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Xitoy tegishli korxonalar soni
Eng katta ulushni Xitoy kompaniyalari egallagan bo‘lib, ularning soni 495 taga yetgan. Bu umumiy xorijiy qurilish korxonalarining qariyb yarmini tashkil qiladi. Xitoy kompaniyalari, asosan, yirik infratuzilma va sanoat obyektlarini qurishda ishtirok etmoqda.
Ikkinchi o‘rinda Turkiya joylashgan bo‘lib, ushbu mamlakatga tegishli 273 ta kompaniya O‘zbekistonda faoliyat yuritmoqda. Turkiyalik investorlar turar-joy majmualari, biznes markazlar va zamonaviy shaharsozlik loyihalarida faol ishtirok etmoqda.
Shuningdek, Rossiya (93 ta), Qozog‘iston (63 ta) va Janubiy Koreya (47 ta) kabi davlatlar ham qurilish sohasida sezilarli ishtirokga ega. Bu davlatlar asosan sanoat, energetika va infratuzilma loyihalariga sarmoya kiritmoqda.
Qolgan davlatlar qatorida Ozarbayjon (35 ta), Tojikiston (31 ta), Turkmaniston (18 ta), Hindiston (16 ta) va Qirg‘iziston (13 ta) bor. Yana 76 ta korxona boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, Yangi Namangan tumanida qiymati 750 mln dollarlik «China Town» yirik turar-joy va biznes majmuasi qurilishi boshlangan edi.
Shuningdek, Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Farg‘ona vodiysidagi eng og‘ir yo‘l uchastkalardan biri — Pung‘on—Namangan yo‘lini 246 million dollarga rekonstruksiya qilayotganligi haqida xabar berilgan edi.

