O‘zbekistonda tibbiy mahsulotlar importi 0,7 foizga kamaydi
Eksport esa yilning dastlabki 8 oyida 2025-yilning shu davriga nisbatan 54,6 foizga oshgan.
© yandexmaps2026-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonga qariyb 1,3 mlrd dollarlik tibbiy va farmatsevtika mahsulotlari olib kirildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Shu davrda O‘zbekistondan xorijga 45,6 mln dollarlik tibbiy va farmatsevtika mahsulotlari eksport qilindi.
2025-yilning shu davriga nisbatan eksport 54,6 foizga oshgan, import esa 0,7 foizga kamaygan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq dorixonalarda dori narxlari nega har xilligi va xaridor nimalarni bilishi kerakligi haqida yozgan edik.





