add

Bayram kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

Bugun 20:483 daqiqa

«O‘zgidromet» bayram kunlari uchun prognozlarni e’lon qildi.

Bayram kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekiston gidrometrologiya xizmati 29-31-dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, bayram arafasida aksariyat hududlarda yomg‘ir yog‘ishi va haroratning bosqichma-bosqich pasayishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyati

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-dekabrda ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 30-dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 31-dekabrda-1-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 29-30-dekabrda 5-10 daraja iliq; 31-dekabrda-1-yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-31-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-dekabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 29-dekabrda 3-8 daraja iliq, 30-dekabrda 5-10 daraja iliq, 31-dekabr-1-yanvarda 2 daraja sovuq-3 daraja iliq gacha pasayadi; kunduzi 29-dekabrda 13-18 daraja iliq; 30-31-dekabrda 5-10 daraja iliqqacha pasayadi, 1-yanvarda 7-12 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 29-30-dekabrda 5-10 daraja iliq; 31-dekabrda-1-yanvarda 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-dekabrda va 1-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 30-31-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-dekabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat 29-dekabrda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq; 30-dekabrda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq, 31-dekabrda kechasi va kunduzi 5-10 daraja iliq, 1-yanvarda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-dekabrda va 1-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-31-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, 29-dekabrda ba’zi joylarda 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi 29-30-dekabrda 6-11 daraja iliq, 31-dekabrda-1-yanvarda 0-5 darajagacha pasayadi; kunduzi 29-dekabrda 14-19 daraja iliq, 30-dekabrda-1-yanvarda 7-12 darajagacha pasayadi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 29-dekabrda va 1-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 30-dekabrda ba’zi joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi. 31-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 29-dekabrda va 1-yanvarda 0-5 daraja iliq, 30-31-dekabrda 2-7 daraja iliq, kunduzi 29-dekabrda 10-15 daraja iliq, 30-dekabrda-1-yanvarda 3-8 darajagacha pasayadi.

Respublikaning tog‘li hududlari

Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 29-dekabrda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; 30-dekabrda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 31-dekabrda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, 1-yanvarda va kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid