
«Bir kechada» havo sifatini yaxshilash muammo hal qilindi, degani emas» — Saida Mirziyoyeva
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva mamlakatda havo sifatiga oid vaziyat jiddiy nazoratda ekanini ma’lum qildi.

Mirziyoyeva havoning bugun nisbatan yaxshi ko‘rinayotgani shamol ta’siri bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, havodagi qisqa muddatli yaxshilanishlar muammoning bartaraf etilganini anglatmaydi va tizimli choralar talab qilinadi.
«Mayli, bugun havo sal-pal yaxshi bo‘libdi. Balki shamol kelgandir. Men bir kunda bu masalani yechganinglarga ishonmayman. Ahvolni ko‘rib turibman. Shuncha yildan beri qaramaganmiz», — dedi Saida Shavkatovna.
Mirziyoyeva mas’ul tizimlarni aniq reja, nazorat va javobgarlik asosida ishlashga chaqirdi. Uning fikricha, real natijalar faqat uzluksiz va kompleks choralar orqali erishiladi, bir kechalik o‘zgarishlar esa umumiy manzarani aks ettirmaydi.





