Markaziy Osiyo davlatlarida iqtisodiy o‘sish: kim yetakchi?
07.08.2025 | 18:1015516
O‘zbekistonda YAIM 2025 yilning 6 oyida 7,2 foizga o‘sdi. Ammo bu o‘sish tezligi Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng past ko‘rsatkich sifatida qayd etildi.

O‘zbekiston 2025 yilning yanvar–iyun oylarida yalpi ichki mahsulot (YAIM) hajmini 807,9 trln so‘mga yetkazdi. Statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘sish sur’ati 7,2 foizni tashkil etib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan atigi 0,6 foiz tezlashgan.
[caption id="attachment_12198" align="aligncenter" width="620"]
Manba: Statistika qo‘mitasi[/caption]
Iqtisodchi Mirkomil Xolboyev ushbu ko‘rsatkichlarni Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari bilan taqqoslagan. Qayd etilishicha, mamlakatimizdagi iqtisodiy o‘sish sur’ati mintaqada eng past tezlashgan natija hisoblanadi.
[caption id="attachment_12199" align="aligncenter" width="630"]
Manba: Mirkonomika[/caption]
Solishtirish uchun, Markaziy Osiyoda eng tez o‘sayotgan iqtisodiyot Qirg‘izistoniniki bo‘ldi. Bu davlatda YAIM 11,7 foizga oshib, o‘tgan yilga nisbatan 3,6 foiz bandga tezlashdi. Bunga ishlab chiqarish tarmoqlari, xizmatlar sohasi va bevosita soliqlar sabab bo‘lgan.
Qozog‘iston iqtisodiyoti yilning birinchi yarmida 6,2 foizga o‘sdi, o‘tgan yilga nisbatan 3 foizdan yuqori bo‘ldi. Bu o‘sishga, asosan, neft va neft mahsulotlari, gaz, maishiy texnika, mobil telefonlar, farmatsevtika mahsulotlari, mashinasozlik mahsulotlari, don va tamaki kabi to‘qqizta asosiy tovar turtki bo‘ldi. Mazkur mahsulotlar ulgurji savdoning 45 foizidan ortig‘ini tashkil etadi.
Tojikiston iqtisodiyoti ham mintaqada sezilarli faollik ko‘rsatdi. YAIM 8,1 foizga oshib, o‘tgan yilga nisbatan 1,9 foiz band tezlashdi. Bunga quyidagilar hissa qo‘shgan:

- sanoat ishlab chiqarish hajmi 24 foiz;
- asosiy kapitalga investitsiyalar 14,6 foiz;
- pullik xizmatlar hajmi 12,8 foiz;
- qishloq xo‘jaligi 9,7 foiz;
- yuk tashish hajmi 9,3 foiz;
- tovar ayirboshlash 9 foiz;
- yo‘lovchi tashish 5,8 foiz.