
O‘zbekiston aholisining umumiy daromadi qancha? — Statistika qo‘mitasi
29.07.2025 | 18:0024310
2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekiston aholisining umumiy daromadlari 515,9 trln so‘mni tashkil etdi. Buning deyarli uchdan bir qismi transfertlar – ayniqsa, chet eldan kelgan pul o‘tkazmalari hisobiga to‘ldirilmoqda.

Milliy statistika qo‘mitasi 2025 yil yanvar–iyun oylarida aholi daromadlari bo‘yicha sharhni e’lon qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, yarim yillikda aholining umumiy daromadlari 515,9 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan nominal hisobda 20 foizga, inflyatsiyani hisobga olgan holda esa 9,5 foizga o‘sgan.
Shu bilan birga, real o‘sish sur’ati 2024 yilning shu davridagi 11,9 foizlik darajadan past ekani qayd etildi. Bu aholi daromadlari o‘sishining barqarorligini saqlagan holda, ma’lum darajada sekinlashganini anglatadi.
Infografika: Statistika qo‘mitasi
Daromad o‘sish sur’atining sekinlashishiga bir nechta omillar ta’sir qilgan: valyuta kursining barqarorlashuvi, aholi tomonidan uyda ko‘rsatilgan xizmatlar qiymatining sekin o‘sishi (masalan, shartli ijara baholari), shuningdek, umumiy iqtisodiy faoliyatdan olinadigan foyda — ya’ni operatsion foydaning ham sustroq o‘sishi bunga sabab bo‘lgan. Shuningdek, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad 13,7 mln so‘mni tashkil etdi. Bu daromadlarning nominal (hisob-kitobdagi) o‘sishi 17,7 foiz, real (inflyatsiyadan tozalangan) o‘sishi esa 7,4 foiz bo‘lgan. Hududlar kesimida farqlar qanday?Daromadlarda hududlar o‘rtasidagi farq yuqoriligicha qolmoqda. Toshkentda jon boshiga daromadlar 35 079,6 ming so‘mni, Qoraqalpog‘istonda 9 198,0 ming so‘mni tashkil etmoqda. Bunda Qoraqalpog‘istonning o‘tgan yil tegishli davri ma’lumotlari keskin qayta oshirilganiga qaramay, shimoliy hududimiz eng kam daromadligicha qolmoqda, deb iqtisodchi Otabek Bakirov yozmoqda.
Infografika: Statistika qo‘mitasi
Shuningdek, Navoiy (20 ming so‘m), Buxoro (15 ming 800 so‘m) va Toshkent viloyati (13 ming 700 so‘m) eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd qildi. Respublika bo‘yicha o‘rtachadan past ko‘rsatkichlar Qoraqalpog‘istonda (9 ming 198 so‘m), Namangan (9 ming 457 so‘m) va Jizzax (10 ming 220 so‘m) viloyatlarida kuzatilgan. 2025-yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga daromadlarning eng katta real o‘sishi Farg‘ona viloyatida (15,5 foiz) va Toshkent shahrida (12,8 foiz) kuzatildi. Boshqa hududlarda esa bu o‘sish sur’ati ancha past bo‘lgan. Masalan:- Xorazmda — 7,3 foiz;
- Buxoroda — 6,1 foiz;
- Jizzax va Navoiyda — 5,9 foiz;
- Qashqadaryoda — 5,5 foiz;
- Samarqandda — 4,9 foiz;
- Surxondaryo va Sirdaryoda — 4,5 foiz;
- Toshkent viloyatida — 3,9 foiz;
- Namanganda — 3,8 foiz;
- Andijonda — 2,5 foiz;
- Qoraqalpog‘istonda — atigi 2 foiz.
- 29,4 foizi — pensiya, nafaqa yoki chetdan yuborilgan pullar kabi transfertlar hisobidan,
- 6,6 foizi — aholi o‘z uyida ishlab chiqargan xizmatlar (masalan, o‘z uyida yashash qiymati) orqali,
- 3,4 foizi — mol-mulkdan, ya’ni ijara, foiz yoki boshqa mulkiy daromadlar orqali shakllangan.
Infografika: Statistika qo‘mitasi
Hududlar kesimida eng ko‘p mehnat daromadi Navoiy viloyatida qayd etilgan — bu yerda aholining 77,9 foiz daromadi aynan mehnat faoliyatiga to‘g‘ri keladi. Aksincha, Farg‘ona, Samarqand, Andijon, Namangan, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha respublika darajasidan past. Respublika bo‘yicha aholining o‘z uyida ko‘rsatgan xizmatlari yoki mol-mulkdan olgan daromadlari katta ulushga ega emas. Biroq Toshkent shahrida bu ko‘rsatkich ancha yuqori bo‘lib, 19,5 foizni tashkil etgan. Bu poytaxt aholisi orasida passiv daromad manbalariga ega bo‘lganlar ko‘proq ekanini anglatadi. Transferlardan olinadigan daromad Aholining umumiy daromadining qariyb uchdan bir qismi, ya’ni 29,4 foizi turli transfertlardan shakllangan. Ijtimoiy transfertlarning jami daromadlardagi ulushi qisqarishda davom etib, 8,8 foizga tushgan.Boshqacha aytganda, jami daromadlarning o‘sishi davlatning bevosita yordami va aralashuvi yo‘q segmentlar faollashayotgani hisobiga ta’minlanmoqda, — deb iqtisodchi Otabek Bakirov o‘z blogida yozgan.Ularning katta qismi — 20,5 foizi chet eldan yuborilgan pul o‘tkazmalari, 8,9 foizi esa ijtimoiy to‘lovlar (pensiya, nafaqa, stipendiya) hisobiga to‘g‘ri keladi. Ijtimoiy transfertlar ichida eng katta ulushni pensiyalar egallagan — 84,8%. Nafaqalar 13,9%, stipendiyalar esa 1,3% ni tashkil qilgan. Bundan tashqari, kichik biznes faoliyatidan kelgan daromad jami daromadning 57 foizini tashkil etadi. Avvalroq, kichik tadbirkorlik subektlari YAIMning 49,6 foizini tashkil qilgani va 1 mln 200 mingdan oshgani haqida ma’lumot bergan edik. Shu o‘rinda, Markaziy bank so‘rovnomasi asosida O‘zbekiston aholisining asosiy qismi ish haqini (87 foizi) bank kartasida olishi haqda yozgan edik.
Mahliyo Hamidova tayyorladi





