
O‘zbekistonda 1 oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?
29.09.2025 | 19:02420219
2025 yil 1 oktyabridan O‘zbekistonda bir qator iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yangilanishlar joriy etiladi. Jumladan, skuter haydovchilaridan guvohnoma talab qilinadi tadbirkorlarga yer uchastkasi auksionsiz ijaraga beriladi, aholi pensiyani Face-ID orqali yechib olishi mumkin bo‘ladi. Quyidagi ro‘yxatda siz nima o‘zgarishlar bo‘lishini aniq va tushunarli shaklda bilib olasiz.

Moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etiladi
Vazirlar Mahkamasining 12 apreldagi qaroriga muvofiq, 1 oktyabrdan moped va skuterlarni boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab etila boshlaydi. Xavfsiz harakatlanish uchun moped va skuter haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini bilishi vaularga rioya etishi shart, shuning uchun Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 9 avgustdagi 493-son qaroriga asosan ular malaka oshirishdan o‘tishi va «A» toifasidagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi shart.
Hukumatning 2024 yil 8 iyul va 9 avgustdagi qarorlariga bilan 1 martdan moped vaskuterlarga yangi talablar: majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish, davlat raqami belgilarini olish vaularni boshqarish uchun «A» toifali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lish joriy etilishi rejalashtirilgan edi. Vazirlar Mahkamasining 12 apreldagi qarori bilan haydovchilik guvohnomalariga oid ushbu muddat yana olti oyga — 1 oktyabrga ko‘chirildi. Hukumat, shuningdek, ekspluatatsiyadagi moped va skuterlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomning amal qilish muddatini 31 sentyabrgacha uzaytirdi.
Oq shakardan aksiz solig‘i bekor qilinadi
2025 yil 1 oktyabrdan O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan xushbo‘ylashtiruvchi va rang beruvchi qo‘shimchalarsiz oq shakarga aksiz solig‘i bekor qilinadi. 20 nafar va undan ortiq xodimi bo‘lgan yuridik shaxslarga mol-mulk solig‘i, yer solig‘i va ijara to‘lovining hisoblangan summalarini 2025 yil 15 iyul va 1 dekabrga qadar bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.
Yengil sanoat korxonalariga qator moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari qo‘llanadi
Prezidentning 19 sentyabrdagi farmoni bilan, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil etilmoqda. Agentlik qoshida Yengil sanoatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi. Agentlik tomonidan yengil sanoat sohasidagi korxonalarga 2025 yil 1 oktyabrdan qator moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralari qo‘llanadi.
Xususan, tashkilot xalqaro brendlarni jalb qilish, standartlashtirish vasertifikatlashning xalqaro tizimlarini, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish ishlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, eksport shartnomalari bo‘yicha sug‘urtalashni moliyalashtirish xarajatlarini qoplaydi hamda mutaxassislarni o‘qitish uchun grantlar ajratadi.
«Har bir mahallada futbol maydoni» dasturi joriy etiladi
2025 yil 1 oktyabrdan boshlab mahallalarda futbol maydonlarini barpo etish bo‘yicha «Har bir mahallada futbol maydoni» dasturi joriy etiladi. Bu haqda Prezidentning joriy yilning 21 avgust kuni qabul qilingan «O‘zbekistonda futbol sohasini raqamlashtirish va ommaviyligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida so‘z boradi.
Unga ko‘ra, ushbu dastur doirasida:
- mahallalardagi bo‘sh turgan davlat mulki ob’ektlari (yer uchastkalari) – ularning bir qismida futbol maydoni barpo etish va kamida 10 yil mobaynida uning foydalanish maqsadini o‘zgartirmaslik sharti bilan elektron onlayn auksion savdolariga chiqariladi;
- elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga xarid qilingan bo‘sh turgan davlat mulki ob’ekti (yer uchastkasi)ning qolgan qismidan qonunchilikda belgilangan tartibda foydalanish va tasarruf etish huquqi beriladi;
- elektron onlayn auksion savdolariga chiqarilgan davlat mulki ob’ektlari (yer uchastkalari) uch oy davomida sotilmagan taqdirda, ularning boshlang‘ich bahosi bosqichma-bosqich 10 foizdan, lekin ko‘pi bilan 50 foizgacha pasaytirilgan holda va sotib olish to‘lovlarini uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan savdolarga chiqariladi.
- atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I va II toifalariga mansub faoliyat turlarining ekologik oqibatlari to‘g‘risidagi bayonotdan keyingi bosqichlarda ekologik normativ loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish uchun ushbu faoliyat turlarining texnologik jarayonlari amaldagi «Yashil sertifikat»ga ega bo‘lishi;
- texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi tasdiqlanishi majburiy bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotga muvofiqlik sertifikati berilishi uchun ushbu mahsulotni ishlab chiqarish texnologik jarayonining amaldagi «Yashil sertifikati» mavjud bo‘lishi majburiy hisoblanadi;
- 2026 yil iyul oyiga qadar texnologik jarayonlarni ekologik sertifikatlashtirish maqsadida shartnoma tuzgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun sertifikatlashtirish ishlari bepul amalga oshiriladi.
- qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va sotish;
- venchur vapay fondlarini moliyalashtirish;
- kommandit shirkatlarga hissa kiritish.
- Maxsus huquqiy rejim doirasida:
- yuridik shaxs maqomiga ega tadbirkorlik sub’ektlari investitsiya jalb etishni talab etadigan loyihalarini hamda ulushga ega bo‘lish orqali tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishga oid takliflarini investitsiya platformalarida joylashtirishga haqli;
- investorlar investitsiya platformalarida e’lon qilingan investitsiya loyihalarini tanlash va ularga mablag‘ kiritish orqali investitsiya faoliyatini amalga oshirish hamda shu orqali foyda olish huquqiga ega;
- investitsiya platformalari orqali amalga oshiriladigan loyihalarni boshqarish investitsiya va boshqaruv kompaniyalari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
- xizmat safarlarining rejalari va natijalari, geografiyasi, xodimlar soni, shuningdek xarajatlarni onlayn kuzatish imkoni yaratiladi;
- muayyan davlat organi faoliyati samaradorligiga xizmat safarlarining bevosita, oraliq va yakuniy ta’sirining monitoringi olib boriladi;
- davlat xizmatchilari har bir xorijiy xizmat safarining yakunlari to‘g‘risida hisobot taqdim etadi va hisobot asosida uning samaradorligi baholanadi.
- auksionsiz – to‘g‘ridan-to‘g‘ri, agar yer tadbirkor ob’ekti bilan chegaradosh bo‘lsa;
- bir kalendar yil muddatiga uzaytirish imkoniyati bilan;
- yer solig‘i stavkasining 3 baravarigacha miqdordagi ijara haqi bilan;
- Davlat soliq qo‘mitasi nazorati ostidagi shartnomalarni ro‘yxatga olishning elektron tizimi orqali.





