
O‘zbekistonda autizm: tan olinmaydigan haqiqat, «aniqlab bo‘lmaydigan» statistika va jamiyatdagi stigma
29.07.2025 | 19:00316015
JST ma’lumotlariga ko‘ra, har 54 boladan bittasida autizm spektr buzilishi aniqlanadi. Ilgari bu holat faqat genetik omillar bilan izohlangan bo‘lsa, so‘nggi tadqiqotlarda ekologik ifloslanish va homiladorlik davridagi xavf omillari ham muhim rol o‘ynashi isbotlanmoqda.

O‘zbekistonda esa bu kasallik faqat tibbiy emas, balki madaniy va ijtimoiy muammodir.
Autizm qanday kasallik?
Autizm – bu bolaning rivojlanishida erta yoshdan boshlab namoyon bo‘ladigan, asosan ijtimoiy muloqot, aloqa va xatti-harakatlarga ta’sir qiluvchi neyrologik rivojlanish buzilishidir. Autizmli bolalar odatda boshqalar bilan ko‘z urishtirishdan qochadi, o‘z tengdoshlariga nisbatan kam ijtimoiy faollik ko‘rsatadi, gapirishda yoki his-tuyg‘ularni ifodalashda qiyinchiliklarga duch keladi.
Ular tez-tez takrorlanuvchi harakatlar qiladi, cheklangan yoki g‘ayrioddiy qiziqishlarga ega bo‘ladi va atrof-muhitdagi o‘zgarishlarga sezgir bo‘lishi mumkin. Autizmning aniq sababi hanuzgacha aniqlanmagan, biroq ko‘plab tadqiqotlar bu buzilishda genetik va biologik omillar muhim rol o‘ynashini ko‘rsatadi. Homiladorlik davrida onaning sog‘ligi, ayrim dorilar ta’siri yoki atrof-muhit omillari ham xavf omillari sifatida ko‘riladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, autizm emlashlar natijasida kelib chiqadi degan qarash ilmiy asosga ega emas va rad etilgan. Autizmli bolalarda nutq rivojlanishi kechikishi, ayrim holatlarda butunlay gapirmaslik ham kuzatiladi. Shuningdek, ular noan’anaviy tarzda o‘yin o‘ynashi, atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.
Ekologik omillar
Havo ifloslanishi. Havo tarkibidagi zararli zarralar (ayniqsa PM2.5, ya’ni juda mayda chang zarralari) va sanoat chiqindilari, avtomobil tutuni chaqaloqning erta hayotida yoki onaning homiladorlik davrida miyaning rivojlanishini buzishi mumkin. AQSH, Xitoy va Yevropadagi bir nechta yirik tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, bunday ifloslanish bolalarda autizm rivojlanish xavfini 30 foizdan 78 foizgacha oshirishi mumkin. 2025yilgi tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hayotining birinchi ikki yilida yuqori PM2.5 ga duchor bo‘lgan bolalarda ASD (autizm) simptomlari ancha kuchli namoyon bo‘ladi.
Pestitsid va og‘ir metallar. Homiladorlik paytida, ayniqsa, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan pestitsidlar, shuningdek, atrof-muhitdagi og‘ir metallar (masalan, qo‘rg‘oshin, simob)ga yuqori darajada ta’sir qilish bolada autizm xavfini oshiradi. Epidemiologik ma’lumotlar bo‘yicha, bunday ta’sirga uchragan bolalarda autizm tashxisi ehtimoli sezilarli oshadi.
Kimyoviy moddalar. Ayrim tibbiy dori-darmonlar (masalan, valproat kislotasi), homiladorlikda kasalliklar (diabet, yuqori arterial bosim, infeksiyalar), onaning immun tizimidagi buzilishlar ham autizm xavfini oshirishi mumkin.
Statistik ko‘rsatkichlar
- 2024 yilda o‘tgan meta-tahlil natijalariga ko‘ra, homiladorlik va erta hayotda yuqori havo ifloslanishi bilan yashagan hududlarda autizm holatlari ikki baravargacha ko‘paygan.
- AQSHning ayrim shtatlarida 1990–2020 yillarda autizm darajasi 4–7 barobar ortdi va bu o‘sishda sanoat zonalari, trassalarga yaqin yashovchi oilalar ulushining yuqoriligi kuzatildi.
- Avstraliya va Xitoy tadqiqotlari: PM2.5 ta’siri bolalarda autizm xavfini 1,7–1,78 baravarga oshirishi ko‘rsatilib, ayniqsa hayotining birinchi 2 yili eng xavfli davr ekani aniqlangan.
- Autizm asoslarini o‘rganish, tadqilish qilish va insonlarga yetkazish;
- Pedagog, tibbiyot xodimlarini bilim va malakasini oshirish;
- Hukumat autizmga chalingan bemorlarni huquqini, ta’lim olishi va jamiyatda erkin harakatlana olishini ta’minlay olishini ta’minlay oladigan siyosiy yo‘nalishini joriy qilishi kerak;
- Aholi o‘rtasida autizm haqida xabardorlikni oshirish, ASBga chalingan bemorlarni tushunish va qabul qilishni rag‘batlantirish;
- Kamsitish va stigmatizatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslik.
Mehrinoza Farmonova tayyorladi





