add

Qozog‘iston AZAL samolyoti fojeasi bo‘yicha hisobot e’lon qildi

Kecha 23:073561 daqiqa

Aqtau yaqinida halokatga uchragan samolyot bo‘yicha tergovda tashqi shikastlanish ehtimoli asosiy versiya sifatida ko‘rilmoqda.

Qozog‘iston AZAL samolyoti fojeasi bo‘yicha hisobot e’lon qildi

Qozog‘iston 2024 yilda Aqtau shahri yaqinida Ozarboyjonning AZAL aviakompaniyasiga tegishli samolyot halokati yuzasidan olib borilayotgan surishtiruvning oraliq hisobotini e’lon qildi. Respublika Transport vazirligining ma’lum qilishicha, layner bortida 67 kishi bo‘lgan.

Hisobotga ko‘ra, halokatga uchragan samolyot, taxminlarga ko‘ra, raketa yoki snaryadning shikastlovchi elementlari tomonidan urilgan va shikastlangan. Qozog‘iston rasmiylari ushbu elementlar kimga yoki qaysi qurol tizimiga tegishli ekanligi hozircha aniqlanmaganini bildirmoqda.

«Aqtau yaqinida AZAL samolyoti halokatini tergov qilayotgan komissiya qora qutilardagi yozuvlarni shifrdan chiqardi. Aviatsiya halokati bo‘yicha tergov xulosalari mutlaqo xolis va faqat faktlarga asoslangan bo‘ladi. Qozog‘iston fojia sabablarini aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda», — deya ta’kidladi Transport vazirligi. Shuningdek, vazirlik samolyot bortida hech qanday portlovchi moddalar izi topilmaganini qo‘shimcha qildi.

Boku shahridan Grozniyga parvoz qilayotgan «Azerbaijan Airlines» (AZAL) aviakompaniyasining Embraer 190 rusumli layneri 2024 yil 25-dekabr kuni ertalab Qozog‘iston g‘arbidagi Aqtau shahri yaqinida halokatga uchragan edi. Aviakompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, bortda 62 nafar yo‘lovchi va 5 nafar ekipaj a’zosi (jami 67 kishi) bo‘lgan. Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojiali voqeada 29 kishi omon qolgan.

Mavzuga oid