Logo

Rossiyaliklar O‘zbekistonga ommaviy ravishda chipta sotib olmoqda

Bugun 19:401 daqiqa

Rossiyada kuzgi mavsumda chipta xaridlari o‘sishi bo‘yicha O‘zbekiston birinchi o‘ringa chiqdi. Undan keyin o‘rinlarda Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya qayd etildi.

Rossiyaliklar O‘zbekistonga ommaviy ravishda chipta sotib olmoqda © Foto: haqqin.az

Rossiyaliklarning kuzgi aviachipta bronlarida O‘zbekiston yo‘nalishining ulushi 5,2 foiz punktga oshib, o‘sish sur’ati bo‘yicha birinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda «Tutu» sayohat servisi ma’lumotlariga tayanib, Lenta.ru nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, kuzgi aviachipta bronlari ulushi o‘sishi bo‘yicha O‘zbekistondan keyin Turkiya, Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya davlatlari o‘rin olgan. Ayni paytda Belarus va Qozog‘istonga aviachipta bronlari ulushi kamaygan.

Mehmonxona bronlari bo‘yicha ham O‘zbekiston yuqori o‘sish qayd etgan davlatlar qatorida. 2026 yil kuzida O‘zbekistonda mehmonxona to‘lovlari ulushi 3,2 foiz punktga oshgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat Xitoydan keyin ikkinchi o‘rinda.

Shu bilan birga, mehmonxona bronlari umumiy soni bo‘yicha 2025 yildagi kabi Belarus, Abxaziya va Turkiya yetakchilik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada Davlat dumasi saylovlaridan so‘ng ommaviy safarbarlik e’lon qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlar ortidan rossiyaliklarning Armanistonga qochayotganligi aytilgandi.

Teglar

Mavzuga oid