
TIV: O‘zbekistonliklar uchun AQSH vizalari olishda o‘zgarish yo‘q
Rasmiy Toshkent AQSH vizalarini rasmiylashtirish istagida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari uchun amaldagi qoidalar o‘z kuchida qolayotganini ma’lum qildi.

O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSH vizalari odatdagi tartibda ko‘rib chiqilmoqda va hech qanday cheklov joriy etilmagan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.
Avvalroq, The Guardian anashri AQSH 75 davlat fuqarolari uchun vizalarni ko‘rib chiqishni to‘xtatgani, ular qatorida O‘zbekiston ham borligi haqida xabar bergandi. Ro‘yxatda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Eron, Ozorbayjon, Pokiston, Misr, Braziliya, Nigeriya kabi davlatlar tilga olingan.
«Ayni damda O‘zbekiston fuqarolari uchun AQSH vizalari odatdagi tartibda ko‘rib chiqilmoqda va hech qanday cheklov joriy etilmagan», - dedi xabar yuzasidan TIV rasmiysi.





