add

VPN: u internet cheklovlariga qarshi vositami yoki xavfsizlikka tahdid?

09.08.2025 | 18:3049018

So‘nggi yillarda Britaniya, Xitoy, Rossiya kabi davlatlarda turli sabablar bilan internet cheklovlari kuchaygani VPNlarga talabni oshirdi. O‘zbekistonda ham ayrim sayt va xizmatlarga kirish cheklanganda VPN ilovalaridan foydalaniladi.

VPN: u internet cheklovlariga qarshi vositami yoki xavfsizlikka tahdid?
Britaniyada VPN talabining keskin oshishi Britaniyada iyul oxirida kuchga kirgan Internet xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun bolalarni zararli kontentdan himoya qilish maqsadida kattalarga mo‘ljallangan saytlarda “yoshni tasdiqlash” tizimini majburiy qildi. Bu Reddit, TikTok, tanishuv ilovalari va pornografiya saytlariga ham taalluqli. Biroq ko‘pchilik shaxsiy ma’lumotini berish o‘rniga VPN orqali chet davlat serveriga ulanishni afzal ko‘rdi. 4 avgustga kelib, Britaniyada eng ko‘p yuklab olingan 10 ta bepul ilovaning to‘rttasi VPN bo‘ldi.   VPN nima? Internetdan foydalanganda sizga maxsus raqamlar to‘plami — IP manzil beriladi. VPN esa shu manzilni “raqamli niqob” bilan yashiradi. U internet harakatingizni shifrlangan “tunnel” orqali boshqa mamlakatda joylashgan serverga yo‘naltiradi. Masalan, siz Londonda bo‘lib, VPN orqali Barselona serveriga ulansangiz, internet-provayder yoki davlat organlari siz Ispaniyadan foydalanyapsiz deb o‘ylaydi. Agar trafik o‘rtalab qolsa, u faqat shifrlangan kod sifatida ko‘rinadi.   Nega odamlarga kerak? VPN texnologiyasi ilk bor 30 yilcha avval xodimlarni masofadan turib korporativ tarmoqqa xavfsiz ulantirish uchun yaratilgan. Keyinchalik u shaxsiy ma’lumotlarni reklama uchun kuzatishdan himoya qilish vositasi sifatida keng tarqaldi. VPN orqali geo-cheklovli kontentga kirish mumkin — masalan, faqat boshqa mamlakatda ko‘rsatiladigan serial yoki sport translyatsiyasi. Senzura qattiq bo‘lgan Xitoy yoki Rossiyada esa VPN davlat “fayervoli”ni aylanib o‘tish uchun ishlatiladi. Hatto hakerlar ham o‘z shaxsini yashirish uchun undan foydalanadi.   Qanchalik ommalashgan? 2025 yilga kelib, dunyo bo‘yicha taxminan 1,75 milliard kishi VPNdan foydalanmoqda, bu global internet foydalanuvchilarining 31 foiziga teng. Boshqa hisobotlarda esa bu raqam 2 milliardga yaqin, ya’ni butun jahon aholisining beshdan bir qismiga teng ekani qayd etilgan. [caption id="attachment_12398" align="aligncenter" width="630"]Damansage Infografika: www.damansage.com[/caption] Mamlakatlar kesimida eng yuqori foydalanish ko‘rsatkichi Qatarda — taxminan 59 foiz. Birlashgan Arab Amirliklarida VPN foydalanuvchilar ulushi 36–42 foizni tashkil qiladi. Indoneziyada ham bu xizmatlardan foydalanish yuqori — 55 foiz atrofida. AQSHda har besh internet foydalanuvchisidan ikkitasi, ya’ni taxminan 42 foiz kishi VPN orqali internetga kiradi. Yevropa davlatlarida bu ko‘rsatkich o‘rtacha 6–15 foiz bo‘lib, Britaniya va Fransiyada 7 foiz atrofida. Bozor hajmi ham katta sur’atlar bilan o‘smoqda. 2025 yilda global VPN bozori 44–45 milliard dollar atrofida baholanmoqda va 2027–2028 yillarga kelib 76–92 milliard dollargacha yetishi prognoz qilingan. Tashkilotlar miqyosida ham VPNdan keng foydalaniladi — dunyodagi korxonalarning 93 foizi ma’lumot xavfsizligini ta’minlashda bu xizmatlarga tayanadi.   VPN qonuniymi? Aksariyat mamlakatlarda VPN qonuniy hisoblanadi, agar u qonuniy maqsadlarda ishlatilsa — masalan, masofadan korporativ tarmoqqa ulanish yoki onlayn xaridda to‘lov ma’lumotlarini himoya qilish. Biroq ayrim davlatlar uni butunlay taqiqlagan (Turkmaniston, Shimoliy Koreya, Iroq) yoki faqat davlat ruxsat etgan xizmatlardan foydalanishga ruxsat beradi (Xitoy, Rossiya). Qonunga ko‘ra VPN orqali jinoiy faoliyatga yordam berish mumkin emas. Masalan, 2022 yilda Germaniya, AQSH va Britaniya ishtirokidagi xalqaro operatsiya VPNLab.net serverlarini musodara qildi, chunki u kiberjinoyatlarda qo‘llangan. Ayrim holatlarda hukumatlar “inqiroz” deb baholangan vaziyatlarda VPN foydalanishni vaqtincha cheklashi mumkin. VPNlar cheklovlarni aylanib o‘tish va shaxsiy ma’lumotni himoya qilish imkonini bersa-da, axborot xavfsizligi va qonunchilikka oid savollarni ham tug‘diradi. Milliardlab foydalanuvchi va kengayayotgan bozor, ularning global ahamiyatini ko‘rsatadi. Shu bois, VPNdan maqsadli va xavfsiz foydalanish muhim. Bloomberg’dan tarjima qilinib, qayta ishlandi.

Teglar

Mavzuga oid

undefined | Vaqt.uz