
Xiaomi qahva hidi keladigan smartfonni taqdim etdi
28.05.2025 | 16:4022733
Xiaomi kompaniyasi korpusi qayta ishlangan qahva qurug‘i materialidan yasalgan va yengil amerikano hidi keladigan yangi smartfonni ishlab chiqardi. U yuqori texnik xususiyatlar bilan ham ajralib turadi.

Xiaomi 2025 yilning 28 may kuni o‘zining navbatdagi innovatsion mahsuloti — Civi 5 Pro Iced Americano smartfonini taqdim etdi. Uning eng diqqatga sazovor jihati shundaki, korpusi qayta ishlangan qahva qurug‘i materialidan tayyorlangan va undan yengil qahva hidi tarqaladi.
Smartfon 6,55 dyuymlik OLED displeyga ega bo‘lib, 120 Gs yangilanish chastotasini qo‘llab-quvvatlaydi. Ishlash samaradorligi uchun unda so‘nggi avlod Snapdragon 8s Gen 4 protsessori joylashtirilgan. Batareyasi 6000 mAch sig‘imga ega bo‘lib, 67 vattli tez zaryadlash texnologiyasini qo‘llaydi.
Civi 5 Pro selfi olish uchun 50 megapikselli kameraga ega. Asosiy kamera moduli 50+50+12 megapiksellik uchta sensordan tashkil topgan bo‘lib, ular orasida televik va keng burchakli linzalar ham mavjud.
Smartfon hozircha Xitoyda sotuvga chiqarilgan bo‘lib, uning boshlang‘ich narxi 2999 yuanni (taxminan $410) tashkil etmoqda. Ushbu model tashqi ko‘rinishi va noan’anaviy materialы bilan ham, zamonaviy texnik jihatlari bilan ham xaridorlar e’tiborini o‘ziga tortayotgani aytib o‘tilmoqda.
Shu tariqa, Xiaomi nafaqat texnologiyada, balki dizayn va ekologik yondashuvda ham yangilik qilishga intilmoqda. Qayta ishlangan qahvadan foydalanish orqali kompaniya atrof-muhit muhofazasiga ham hissa qo‘shmoqda.





