add

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda nolish va shikoyat qilish taqiqlandi

25.09.2025 | 19:204583

Xitoy hukumati asosiy maqsad sifatida jamoatchilikdagi pessimizmni yo‘qotib, uni «ijobiy energiya» bilan almashtirishni maqsad qilganini ta’kidlamoqda.

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda nolish va shikoyat qilish taqiqlandi
Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda nolish va shikoyat qilish taqiqlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoy Kiberxavfsizlik boshqarmasi ikki oylik kampaniya boshlagan. Bu haqda Reuters xabar berdi. Kampaniya internet foydalanuvchilari orasida «atayin salbiy hissiyotlar uyg‘otuvchi» foydalanuvchilarga qarshi yo‘naltirilgan va ijtimoiy tarmoqlar, qisqa video xizmatlari, striming platformalari va izohlar bo‘limlari nazorat ostiga olinadi. Rejada nafaqat zo‘ravonlikka chaqiruvchi va yolg‘on xabarlar tarqatilishi, balki «haddan tashqari pessimizm»ni targ‘ib qiluvchi kontentni ham to‘xtatish ko‘zda tutilgan. Bu choralarning maqsadi — ommaviy maydondan pessimizmni yo‘qotib, uni «ijobiy energiya» bilan almashtirish. Chunki hukumat internetdagi nolish va shikoyat qilishni jamiyat barqarorligiga tahdid sifatida qabul qiladi, deb yozmoqda Reuters. Taqiqqa shuningdek, o‘zini kamsituvchi, tushkunlik ifodalarini o‘z ichiga olgan, haddan tashqari umidsizlikni tarqatuvchi materiallar va sun’iy intellekt yordamida yaratilgan zo‘ravonlik sahnalari ham tushadi. Bunday kontent joylashtirgan platformalar va mualliflar jazoga tortilishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda nolish va shikoyat qilish taqiqlandi | Vaqt.uz