Logo

8 oyda qaysi hududlarga eng ko‘p kredit ajratildi?

Бугун 17:472 дақиқа

«Mahalla loyihasi» doirasida hududlarga yo‘naltirilgan jami kredit summasi o‘tgan yilning yanvar-avgust oylariga qaraganda 47,3 foizga ko‘p bo‘ldi.

8 oyda qaysi hududlarga eng ko‘p kredit ajratildi?

2026-yilning yanvar–avgust oylarida «Mahalla loyihasi» doirasida hududlarga jami 14,76 trln so‘m kredit ajratildi. 2025-yilning mos davrida bu ko‘rsatkich 10,02 trln so‘mni tashkil etgan. Ya’ni bu 47,3 foiz o‘sish degani.

Kreditlash hajmi bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi bo‘lib, poytaxtga 2,35 trln so‘m ajratildi. O‘tgan yili bu summa 991 mlrd so‘m edi.

Kredit ajratish hajmi bo‘yicha keyingi o‘rinlarda Samarqand, Toshkent, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari qayd etilgan. Ushbu besh hududga jami 7,55 trln so‘m yoki kreditlarning 51 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keldi. Samarqandda kredit hajmi 2025-yil yanvar–avgust oylaridagi 916 mlrd so‘mdan mos davrda 1,51 trln so‘mga o‘sdi. Toshkent viloyatida esa bu ko‘rsatkich 1,08 trlndan 1,44 trln so‘mga yetdi. Qashqadaryoda 882 mlrd bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 1,20 trln so‘mga oshdi. Farg‘onada esa 867 mlrd so‘mdan 1,05 trln so‘mga ko‘paydi.

Qolgan hududlarda ham kreditlash hajmi oshgan. Navoiyda ajratilgan kreditlar 447 mlrd so‘mdan 747 mlrd so‘mga o‘sdi. Sirdaryoda esa 367 mlrd bo‘lgan va ayni paytda 551 mlrd so‘mga yetdi. Andijonda kreditlar hajmi 683 mlrd so‘mdan 983 mlrd so‘mga ko‘paydi. Namanganda ham o‘sish kuzatilib, ko‘rsatkich 638 mlrd so‘mdan 914 mlrd so‘mga oshgan.

Buxoroda kreditlash hajmi 577 mlrd so‘mdan 773 mlrd so‘mga oshdi. Qoraqalpog‘istonda esa 541 mlrd so‘mdan 714 mlrd so‘mga ko‘tarildi. Surxondaryoda bu ko‘rsatkich 588 mlrd so‘mdan 771 mlrd so‘mga o‘sgan. Jizzaxda 447 mlrd so‘mdan 574 mlrd so‘mga ko‘paygan bo‘lsa, Xorazmda 565 mlrd so‘mdan 651 mlrd so‘mga yetdi.

Hududlar kesimidagi tahlil kreditlash hajmi bilan uning o‘sish sur’ati o‘rtasida farq borligini ham ko‘rsatadi. Toshkent shahri kreditlash hajmi bo‘yicha yetakchi bo‘lgan bo‘lsa, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan eng yuqori o‘sish Navoiyda 67 foiz va Samarqandda 65 foizni qayd etdi.

Теглар

Мавзуга оид