Logo

Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlandi

Бугун 10:321 дақиқа

U bunga qadar Prezident administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentiga rahbarlik qilib kelayotgan edi.

Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlandiAlisher Samadov | © Ijtimoiy tarmoqlar

Alisher Baxadirovich Samadov O‘zbekiston Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Samadov 2025-yil 14-iyuldan buyon Prezident administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan edi. 2025-yil iyuliga qadar u O‘zbekiston prezidentining huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Hisob palatasi raisi lavozimi 2025-yil yanvaridan beri vakant bo‘lib kelayotgan edi. Bunga qadar palataga Adiz Boboyev rahbarlik qilgan. U keyinchalik Samarqand viloyati hokimi etib tayinlangan.

Huquqiy ekspertiza departamentiga ham yangi boshliq tayinlandi

timurbutunbaev

Timur Nuryigitovich Butunbayev Prezident administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari — Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i etib tayinlandi.

Bunga qadar Butunbayev Prezident administratsiyasi rahbarining suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Теглар

Мавзуга оид