Logo

Ashxobodda Turkmaniston va Ukraina o‘rtasida siyosiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, tomonlar Turkmaniston va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Ashxobodda Turkmaniston va Ukraina o‘rtasida siyosiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov Ukraina tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Mishchenko va Ukraina Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan aloqalar bo‘yicha maxsus vakili Viktor Mayko bilan uchrashdi.

Vazirlikning xabar berishicha, tomonlar Turkmaniston va Ukraina o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Shuningdek, turli sohalardagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, ikki mamlakatning Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari Ahmet Gurbanov va Aleksandr Mishchenko o‘rtasida Turkmaniston-Ukraina siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Maslahatlashuvlar davomida tomonlar siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini muhokama qilishdi.

Теглар

Мавзуга оид