Logo

Bankrot bo‘lgan «Hi-Tech Bank»ning Toshkent markazidagi binosi uch yil deganda sotildi

Бугун 19:312 дақиқа

Mazkur lot uch yildan beri auksionga chiqarib kelinayotgan edi.

Bankrot bo‘lgan «Hi-Tech Bank»ning Toshkent markazidagi binosi uch yil deganda sotildi

Qariyb 4 yil avval bankrot deb topilgan «Hi-Tech Bank»ning Toshkent markazida joylashgan binosi auksionda 77,8 mlrd so‘mga «Olmos Finance» mikromoliya tashkiloti tomonidan sotib olindi. Bu haqda 23964412-raqamli lot bo‘yicha elektron onlayn-auksion natijalarida ma’lum qilindi.

Auksion tafsilotlari va xaridor haqida


Lot bo‘yicha savdo 2026 yil 1-iyul kuni soat 10:14 da yakunlangan. Obyektning boshlang‘ich narxi 74 060 548 200 so‘m etib belgilangan va savdo oshib borish uslubida o‘tkazilgan. Auksionda «Olmos Finance» MCHJ mikromoliya tashkiloti 77 763 575 610 so‘mlik tasdiqlangan taklif bilan g‘olib deb topilgan.

Mazkur lot 3 yildan beri auksionga chiqarib kelinayotgan bo‘lib, uning dastlabki boshlang‘ich narxi 60 mlrd so‘m bo‘lgan. Ushbu mikromoliya tashkilotining 50 foiz ulushiga Zohid Alimov va Sherzod Karimbayev egalik qiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Zohid Alimov «Hayotbank» tashkil etilgan vaqtda Boshqaruv raisi bo‘lib ishlagan va hozirda «Tayanch» mikromoliya banki rahbari hisoblanadi. Sherzod Karimbayev esa bir muddat «Kapitalbank» Boshqaruv raisi sifatida faoliyat olib borgan.

Sobiq bankning ma’muriy binosi Toshkent shahri Shayxontohur tumani O‘rda mahallasi Navoiy ko‘chasida, «Paxtakor» stadioni va Webster universiteti yonida joylashgan. Bino 2020 yilda g‘isht va temir-betondan qurilgan bo‘lib, 5 qavat va 17 ta xonadan iborat. Umumiy foydali maydoni 5 319 kvadrat metrni tashkil qiladi. Obyektda gaz, elektr ta’minoti va suv mavjud, lekin kanalizatsiya yo‘q. Mulk nomida taqiq mavjud bo‘lib, auksion g‘olibiga taqiqlar yechilgan holda, bino ichidagi uskunalarsiz topshirilishi belgilangan.

Теглар

Мавзуга оид