Logo

Hafta oxirida havo +40 darajagacha isiydi

Бугун 12:451 дақиқа

Ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston hududlarida havo harorati +32…+35, ikkinchi yarmida esa +40 darajagacha ko‘tariladi.

Hafta oxirida havo +40 darajagacha isiydi © Vaqt.uz | Javhar Chorshanbiyeva

Ish haftasining birinchi yarmida O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati iqlimiy me’yorga yaqin bo‘lgan biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, kunduz kunlari havo

+32...+35 darajagacha isiydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Haftaning ikkinchi yarmida kunduzgi havo harorati +2...+3 darajaga ko‘tarilib, kunduzi +35...+38 darajani, janubda +39...+40 darajani tashkil etadi.

Harorat asosan kechalari +18...+23 daraja bo‘ladi.

24-28-avgust kunlari havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, faqat Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim tog‘li hududlarida bugun kunduzi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Shamol sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 24-avgustda ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayadi, ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati dushanba kuni kunduzi +32...+35 daraja, 27-28-avgustda +35...+37 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari +18...+21 darajani tashkil etadi.

Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, 24-avgustda 11-14 metrgacha kuchayishi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Теглар

Мавзуга оид