Hamyoningizda naqd pul bormi?
Oxirgi marta qachon naqd pulda to‘lov qilganingizni eslay olasizmi? Agar yo‘q bo‘lsa – siz allaqachon fintech olamidamisiz.
Bugun biz naqd puldan voz kechib, karta, QR va raqamli tizimlarga o‘tayotgan davrda yashayapmiz. VAQT.UZ’ning yangi loyihasida aynan shu inqilobiy o‘zgarishlar haqida gaplashdik.
Mehmonimiz ATTO direktori Davron Shoyoqubov. Suhbatda ATTO qanday qilib butun transport tizimini egallagani, nega bank kartalari transportda asosiy vositaga aylanayotgani, pilot loyiha bo‘lgan masjidlar va ehson qutilaridagi validatorlar qanchalik o‘zini oqlashi mumkinligi, shuningdek, 2030-yilda naqd pul butunlay yo‘qolishi haqidagi prognozlar to‘g‘risida gaplashdik.
ATTO endi faqat avtobus emas – bu parkovkalar, istirohat bog‘lari, chiptalar va hatto eSIM demakdir.
Suhbatni to‘liq holda VAQt.UZning YouTube kanalida tomosha qiling.
Теглар






