Ohangaronda «Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Бугун 18:301 дақиқа

Joriy yilning 14-15-may kunlari Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida tog‘-kon sanoati va metallurgiya yo‘nalishida ko‘rgazma tashkil etiladi.

Ohangaronda «Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

Ko‘rgazma doirasida tog‘-kon va geologiya sohasiga oid yuqori texnologik mahsulotlar, sanoat startaplari, ilmiy ishlanmalar hamda istiqbolli loyihalar namoyish etiladi.

Qadrli tadbirkorlar, ushbu ko‘rgazmada siz:

o‘z mahsulotlaringizni keng jamoatchilikka namoyish etish;
yirik sanoat korxonalari va korporativ buyurtmachilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatish;
istiqbolli shartnomalar va kooperatsiya kelishuvlariga erishish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Barcha tadbirkorlarni «Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasida faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

Ma’lumot uchun: (94) 505-85-05, (97) 888-10-01

Manzil: Toshkent viloyati, Ohangaron shahri, «Yangilik» MFY, Sanoat zonasi ko‘chasi, 147-uy.

Мавзуга оид