Logo

O‘zbekiston konditsioner importini oshirdi

Бугун 08:551 дақиқа

O‘zbekistonda konditsionerlarga talab ortib bormoqda. Yil boshidan buyon xorijdan qariyb 20 million dollarlik sovitish uskunalari olib kelingan.

O‘zbekiston konditsioner importini oshirdi

2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekiston xorijdan 132 691 dona konditsioner import qildi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu davrda olib kirilgan konditsionerlarning umumiy qiymati 19,7 million dollarni tashkil etgan.

O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda import hajmi 13,7 ming donaga yoki 11,5 foizga oshgan.

Asosiy yetkazib beruvchilar

O‘zbekistonga konditsioner yetkazib berishda Xitoy mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda.

Besh oy davomida Xitoydan 128 021 dona konditsioner import qilingan. Bu umumiy importning asosiy qismini tashkil etadi.

Keyingi o‘rinda Qozog‘iston turibdi — ushbu davlatdan 4 644 dona konditsioner olib kirilgan.

Turkiyadan esa 17 dona mahsulot yetkazib berilgan.

Qolgan davlatlar hissasiga 9 dona konditsioner to‘g‘ri kelgan.

Теглар

Мавзуга оид