O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasi bilan birga geologik tadqiqotlar o‘tkaziladi

Бугун 17:422 дақиқа

Qoraqalpog‘istonda 3 ta yangi gaz koni topildi, 17 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olindi.

O‘zbekistonda Xitoy kompaniyasi bilan birga geologik tadqiqotlar o‘tkaziladi © Фото: Kun.uz

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ta yangi kon topildi. Bu haqda bugun, 20-aprel kuni 2026 yil I-chorak sarhisobi hamda «Dolzarb 100 kunlik» dasturi natijalari bo‘yicha o‘tayotgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, joriy yil boshidan boshlab shu vaqtga qadar jami 17 ta quduqdan sanoat miqyosida gaz oqimi olingan. 2026-yilning yanvar-mart oylari davomida 29 ta quduq ta’mirlangan va 11 ta texnologik tadbir amalga oshirilgan.

Xorijdan xaridlar va investitsiya

Shuningdek, AQSHning nufuzli «Schlumberger» kompaniyasi bilan hamkorlikda 10 ta plunjer nasos xarid qilish, «Upwing Energy» kompaniyasi bilan hamkorlikda esa quduqlarda quduq tubiga tushiriladigan kompressorlarni qo‘llash bo‘yicha loyiha ishlari boshlangan. Konlarda gaz qazib olish barqarorligini ta’minlash, zaxiralarni maksimal darajada o‘zlashtirish maqsadida qo‘shimcha 35 ta kichik kompressor agregati xarid qilinmoqda.

Investitsiya siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri qazib chiqarishni modernizatsiya qilishga qaratildi. Xususan, Xitoyning «CNPC» korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi «XIBU» kompaniyasi bilan quduqlarni burg‘ilash jarayoniga jalb qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. «Shandong Molong» va «Hengyang Valin» kompaniyalari bilan hamkorlik doirasida 7 000 metr chuqurlikkacha burg‘ilash ishlari uchun mo‘ljallangan, yuqori bosim va og‘ir geologik sharoitlarga mos zamonaviy quvur mahsulotlarini yetkazib berishga kelishildi.

Shu bilan birga, «CNPC» tarkibiga kiruvchi «BGP» kompaniyasi bilan muhokamalar natijalariga ko‘ra, uzoq muddatli hamkorlik asosida 2026-2028-yillarda 14 300 km kv maydonda geologik tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha o‘zaro kelishuvga erishildi.

Ishlab chiqarish

Hisobot davrida gaz kondensati, suyultirilgan gaz, oltingugurt va polietilen mahsulotlari ishlab chiqarishda barqaror o‘sish kuzatildi.

Jumladan, aholi va ijtimoiy soha obyektlariga 132,2 ming tonna (rejaga nisbatan 102,0%) suyultirilgan gaz yetkazib berilgan.

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida AJ tomonidan

tozalangan tabiiy gaz 4,789 mlrd m3 (rejaga nisbatan 100%)

gaz kondensati 141,3 ming tonna (rejaga nisbatan 114,5%)

suyultirilgan gaz 152,9 ming tonna (rejaga nisbatan 110,7%)

oltingugurt 48 ming tonna (rejaga nisbatan 122%)

polietilen 36,1 ming tonna (103,9%) ishlab chiqarildi.

«Uzbekistan GTL» zavodida sintetik neft mahsulotlarini ishlab chiqarish barqaror yo‘lga qo‘yilgan. O‘tgan yilga nisbatan mahsulot hajmi 89,1 ming tonnaga oshirilib, o‘sish sur’ati 169 foizni tashkil etgan.

Теглар

Мавзуга оид