O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar statistikasi ma’lum qilindi

Бугун 09:251 дақиқа

O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar orasida Rossiya yetakchi. Hududlar kesimida asosiy ko‘rsatkichlar tahlili berildi.

O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar statistikasi ma’lum qilindi

O‘zbekistonga doimiy yashash uchun xorijdan ko‘chib kelayotganlar soni bo‘yicha eng katta ulush Rossiya hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy ko‘chib kelganlarning 39,9 foizi aynan shu davlatdan kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinda Qozog‘iston turibdi — 20,3 foiz. Undan keyin Tojikiston Respublikasi 10,3 foiz ko‘rsatkich bilan qayd etilgan. Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasidan kelganlar ulushi 4,3 foizni tashkil etsa, Turkmanistondan kelganlar 3,1 foizni egallagan.

Qolgan 22,1 foiz esa boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Hududlar kesimida xorijdan ko‘chib kelganlar soni:

Hududlar kesimida esa eng ko‘p ko‘chib kelganlar Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtga jami 698 nafar fuqaro joylashgan. Bu ko‘rsatkich boshqa hududlarga nisbatan ancha yuqori.

Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 275 nafar. Qoraqalpog‘iston Respublikasida 101 nafar kishi doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan.

Qolgan hududlarda ko‘rsatkichlar nisbatan past. Jumladan, Sirdaryo viloyatida 24 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Jizzax va Navoiy viloyatlarida 12 nafardan qayd etilgan.

Buxoro viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar ko‘chib kelgan bo‘lsa, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida 2 nafardan, Namangan viloyatida esa atigi 1 nafar qayd etilgan.

Теглар

Мавзуга оид

O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar statistikasi ma’lum qilindi | Vaqt.uz