O‘zbekistonliklar o‘z sog‘lig‘i uchun 2 oyda 3,5 trln so‘m sarfladi

Бугун 17:251 дақиқа

2026-yilning yanvar-fevral oylarida mamlakatda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 foizga o‘sgan.

O‘zbekistonliklar o‘z sog‘lig‘i uchun 2 oyda 3,5 trln so‘m sarfladi © ССВ

2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 3,55 trln so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 9,7 foizga o‘sgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 17,2 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 30,7 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 52,1 foizi sohaga doir boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Qaysi hududda ko‘proq pul saflanmoqda?

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 60,8 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 155 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 142,3 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 80,8 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 131,8 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 56,3 mlrd so‘m

Namangan viloyati – 162,5 mlrd so‘m

Samarqand viloyati – 264,3 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 93,7 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 65 mlrd so‘m

Toshkent viloyati – 330,6 mlrd so‘m

Farg‘ona viloyati – 241,9 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 121,3 mlrd so‘m

Toshkent shahri – 1 642,3 mlrd so‘m

Теглар

Мавзуга оид