Logo

Qurg‘oqchilik va jazirama Yevropa iqtisodiyotiga qanchaga tushgani ma’lum qilindi

Бугун 21:371 дақиқа

Quruq ob-havo Yevropa qishloq xo‘jaligiga jiddiy zarar yetkazgan.

Qurg‘oqchilik va jazirama Yevropa iqtisodiyotiga qanchaga tushgani ma’lum qilindi

Yevropa Ittifoqi hududining 38 foizida qurg‘oqchilik kuzatilmoqda. «Euractiv» ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich ekin maydonlarining 14,8 foizi va o‘rmonlarning 14,5 foizini qamrab olgan.

Qurg‘oqchilik ayniqsa G‘arbiy Yevropada kuchaygan. Bunga o‘rmon yong‘inlari, ekstremal issiq ob-havo va yog‘ingarchilikning kamligi ta’sir qilgan.

Qayd etilishicha, quruq ob-havo qishloq xo‘jaligiga ham jiddiy zarar yetkazgan. Yaylovlarning qurishi va yem-xashak ekinlarining shikastlanishi sabab fermerlar qish uchun jamg‘arilgan ozuqa zaxiralaridan muddatidan oldin foydalanishga majbur bo‘lmoqda.

Iqtisodiy zarar

Zarar ko‘lami qishloq xo‘jaligining turli tarmoqlarida sezilmoqda. Jumladan, zaytun moyi ishlab chiqarish, shuningdek, makkajo‘xori va kungaboqar kabi asosiy ozuqa ekinlari qurg‘oqchilikdan zarar ko‘rgan.

10-avgust kuni «Spiegel» nashri Yevropa bo‘ylab tarqalgan ekstremal issiqlik va qurg‘oqchilik 2026 yilda Yevropa Ittifoqi uchun kutilayotgan iqtisodiy o‘sishni yo‘qqa chiqarishi mumkinligini yozdi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, jazirama tufayli iqtisodiy faoliyatdagi uzilishlar YI yalpi ichki mahsulotini taxminan 1 foizga qisqartirishi mumkin. Bu qariyb 180 milliard yevrolik iqtisodiy yo‘qotishga teng.

Asosiy omil sifatida mehnat unumdorligining pasayishi keltirilmoqda, uning ta’sirida YAIM 0,6 foizga kamayishi kutilmoqda.

Теглар

Мавзуга оид