Sergelida turistik ko‘cha qurilishiga 5 mlrd so‘m ajratildi

Кеча 23:001 дақиқа

Poytaxt hokimining qaroriga asosan, tumanda 24 soat davomida uzluksiz xizmat ko‘rsatuvchi yangi gastronomik va ko‘ngilochar maskan barpo etilmoqda.

Sergelida turistik ko‘cha qurilishiga 5 mlrd so‘m ajratildi

Toshkent shahri hokimining 3-iyun kuni imzolangan qaroriga muvofiq, Sergeli tumanidagi Yangi Sergeli ko‘chasi zamonaviy turistik maskanga aylantiriladi. Mazkur hudud 24 soat faoliyat yuritadigan turistik ko‘cha sifatida tashkil etiladi.

Loyihani amalga oshirish uchun Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 5 milliard so‘m ajratilishi belgilangan.

Mablag‘lar qurilish va ta’mirlash ishlari, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish hamda zamonaviy shahar infratuzilmasini shakllantirishga yo‘naltiriladi.

Gastronomik hudud

Avvalroq Sergeli tumanida maxsus gastronomik ko‘cha tashkil etilishi rejalashtirilayotgani haqida ma’lum qilingan edi.

Uzluksiz faoliyat yuritadigan mazkur ko‘cha So‘g‘diyona va Jaloyir ko‘chalari kesishmasida joylashadi. Yo‘nalish mahalliy hokimlik binosi hamda Yangi Sergeli istirohat bog‘idan boshlanib, «Fayz» mebel fabrikasi hududigacha davom etadi.

Loyihada ko‘chaning asosiy qismi Jaloyir ko‘chasida joylashishi nazarda tutilgan. Bu yerda savdo, ovqatlanish va dam olish obyektlarini joylashtirish rejalashtirilmoqda.

Mutasaddilarga ko‘ra, gastronomik ko‘chaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni tashkil etadi.

Теглар

Мавзуга оид