Logo

Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi

Бугун 16:231 дақиқа

Qo‘shni mamlakatning energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatdi.  Energetika vazirligining xabar berishicha, hozirgi vaqtda energetiklar tomonidan elektr ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanmoqda.

Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi © yandexmaps

Qo‘shni mamlakatning energetika tizimida yuz bergan avariya Markaziy Osiyo energetika tizimiga ta’sir ko‘rsatdi. Natijada Surxondaryo va boshqa ayrim viloyatlarning elektr ta’minotida uzilish kuzatildi, deya xabar bermoqda energetika vazirligi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Bishkek, Olmaota va Dushanbe shaharlarida ham elektr uzilishi qayd etilgan.

«O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ dispetcherlik xizmatlari ma’lumotiga tayanib xabar berishicha, yagona energetika tizimida bir necha pog‘onali avariyaga qarshi avtomatika tizimi ishlashi oqibatida Respublikamizning ayrim hududlarida favqulodda o‘chishlar kuzatilgan.

«Ayni paytda mutaxassislar sodir bo‘lgan nosozlik sabablarini aniqlab, uning oqibatlarini  bartaraf etish ishlarini olib borishmoqda. Tarmoqlarga navbatma-navbat kuchlanish berish ishlari amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, so‘nggi marta shunga o‘xshash vaziyat 2022-yil yanvar oyida sodir bo‘lgan, o‘shanda Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston shahar va qishloqlari elektrsiz qolgan.

Теглар

Мавзуга оид