Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi

Бугун 14:401 дақиқа

Toshkent viloyatida tuman FVB boshlig‘i tadbirkordan jami 63 ming dollar talab qilib, undan 25 mingini olayotganda ushlangan.

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi © DXX matbuot xizmati

Toshkent viloyati tumanlaridan birining Favqulodda vaziyatlar bo‘limi rahbari tadbirkordan pora talab qilgani aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Mansabdor MCHJ rahbariga tuman hududidan oqib o‘tuvchi uchta soy qirg‘oqlarini mustahkamlash va beton plitali yo‘l o‘tkazgichlar qurish bo‘yicha 5,04 mlrd so‘mlik shartnomani go‘yoki vazirlikdagi hamkasblari orqali olib berganini ro‘kach qilgan.

Shu sababli undan 63 ming dollar miqdorida ulush talab qilgan va mart-aprel oylarida puldan 24 ming dollarini olgan.

Tezkor tadbir

FVB rahbari tadbirkordan qolgan 39 ming dollarini ham berishini so‘ragan. O‘tkazilgan tezkor tadbirda u puldan 25 ming dollarini «Tracker» xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Теглар

Мавзуга оид

Tadbirkordan 63 ming dollar talab qilgan mansabdor ushlandi | Vaqt.uz