Logo

Ta’lim sifatini baholash tizimi yangilanadi, sirtqi bo‘limlar tugatiladi

07.05.2025 | 15:133 дақиқа

O‘zbekistonda ta’lim sifatini nazorat qilish va baholashning yangi modeli joriy etilayapti. Prezidentning farmoni bilan maxsus agentlik tashkil etildi va ta’lim xizmatlari uchun umummilliy so‘rovnomalar o‘tkaziladi.

Ta’lim sifatini baholash tizimi yangilanadi, sirtqi bo‘limlar tugatiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025 yil 5 may kuni ta’lim sifatini ta’minlash va baholash tizimini isloh qilishga oid PF–76-sonli farmonni imzoladi. Hujjatga muvofiq, «Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi» tashkil etildi va u ta’lim tashkilotlarini tashqi baholash bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilandi.   Agentlik o‘rta maxsus, kasbiy, oliy va ta’limdan keyingi ta’lim tashkilotlarini litsenziyalash, kompleks va maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazish, xavf tahlili asosida tekshirish kabi funksiyalarni amalga oshiradi. Uning faoliyatini tashkil etish tartibi va ustuvor vazifalar «yo‘l xaritasi» orqali tasdiqlangan.   Farmonga ko‘ra, yangi ta’lim muassasalari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi bosqichda litsenziyalash, ikkinchi bosqichda esa ta’lim dasturlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish talab etiladi.   Yangi tizimga muvofiq, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab sirtqi ta’limga qabul to‘xtatiladi, umumiy kvotalar kunduzgi ta’lim natijalari bilan bog‘lab belgilanadi. Shundan tashqari, muqobil ta’lim shaklidagi qabul cheklovlari ham qat’iylashtiriladi.   Ta’lim sifatini baholash uchun umummilliy talabalar va ish beruvchilar so‘rovnomalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Hujjat 2025 yil 6 maydan amalga kirdi.  

Мавзуга оид