Logo

Taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi

Бугун 15:031 дақиқа

Oliy sud ekstremistik va terroristik deb topilgan qariyb 2057 ta internet manbani rasman ochiqladi.

Taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi © Illyustrativ surat

O‘zbekiston Oliy sudi diniy ekstremistik, terroristik va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan hamda mamlakat hududida taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxatini tasdiqladi.

2026-yil 3-noyabr holatiga ko‘ra, mazkur ro‘yxatga jami 2 057 ta internet manbasi kiritilgan bo‘lib, ularni O‘zbekiston hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish to‘liq taqiqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar kesimidagi taqsimot

Oliy sud ma’lumotlariga ko‘ra, taqiqlangan manbalarning asosiy qismini Telegram messenjeridagi kanal va guruhlar tashkil etadi. Ularning soni 967 tani band qilgan.

Undan keyingi o‘rinlardagi manbalar quyidagicha taqsimlangan:

Instagram — 454 ta profil;
Facebook — 276 ta sahifa;
You Tube — 214 ta kanal;
Tik Tok — 68 ta akkaunt;
Odnoklassniki — 44 ta sahifa;
Threads — 1 ta profil;
Veb-saytlar va boshqa turdagi manbalar — 33 ta.

«Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlaning. Ular hayotingiz va orzularingizni barbod qilishiga aslo yo‘l qo‘ymang. Sud tomonidan taqiqlangan internet manbalardan yiroq bo‘ling», — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning iyul oyida e’lon qilingan avvalgi ro‘yxatda 1 915 ta manba qayd etilgandi.

Теглар

Мавзуга оид